“YO‘LIDA” FUNKSIONAL KO‘MAKCHISI XUSUSIDA BA’ZI MULOHAZALAR
##article.abstract##
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada yo‘l so‘zining leksik, semantik, grammatik, lingvopoetik tahlili keltirilgan bo‘lib, til taraqqiyoti davrida ayrim so‘zlarda uchrovchi semantik o‘zgarishlar, o‘z navbatida grammatik sathga ham ta’sir etishi va buning natijasida turkumlararo ko‘chishning yuzaga kelishiga imkoniyat yaratib berishi ko‘rsatib berilgan. Ko‘makchi turkumiga o‘tayotgan so‘zlar o‘zlaridagi lug‘aviy ma’no anglatish xususiyatini yo‘qotadi. Ular grammatik ma’no anglatish tomon siljiydi. Kelishik qo‘shimchalari bilan sinonimlikni yuzaga chiqaradi. Bunday shakliy va mazmuniy o‘zgarishlar ko‘makchilashayotgan leksik birliklarni tamomila atash ma’nosidan uzoqlashtirmaydi, balki ular bir o‘rinda ko‘makchi, boshqa o‘rinda mustaqil so‘z turkumi vazifasini bajaradi. Dastlab funksional ko‘makchi hosil bo‘lsa, keyinchalik bu jarayon yillab davom etishi natijasida sof ko‘makchilar vujudga keladi. Ushbu maqolamizda ijodkor badiiy topilmasi sifatida uzual va okkazional ma’nolarning ifodalanishiga alohida masala sifatida qaralgan. Leksik, grammatik, vazifa semalari tahlili, ko‘makchilik funksiyasi haqida mulohazalarimiz ifodalab berilgan.
Kalit so‘zlar: uzual, okkazional, ko‘makchi, ko‘makchilashish sema, grammatik ma’no, funksional, sema.