ALISHER NAVOIY ASARLARIDA SINTAKTIK USUL BILAN YASALGAN MAISHIY LEKSEMALAR
##article.abstract##
ANNOTATSIYA
Maqolada Alisher Navoiy asarlarida qo‘llanilgan maishiy leksemalar tadqiq etiladi va misollar bilan izohlanadi. Bu maqola Alisher Navoiy asarlari lug‘at tarkibidagi tilimiz tarixi, o‘zgarishlari, leksik boyligi, XV asrda xalqimizning turmush tarzi, madaniyati, urf-odatlari haqida tasavvurga ega bo‘lish imkonini beradi. Alisher Navoiy asarlarida uchraydigan maishiy leksemalar tarixi ko‘hna yozma manbalarga borib taqaladi.
Mazkur maqolada Alisher Navoiy asarlarida uchraydigan maishiy leksemalardan bir qanchasi tahlilga tortilgan bo‘lib, ularning sintaktik usul bilan yasalganlariga alohida ahamiyat qaratilgan. Masalan, belbog‘, sochbog‘, chaqmoq toshi, tegirmon toshi, pilpoya, zinapoya, qalam mo‘yi, kamarband, takband, kallapo‘sh shu kabilar.
Kalit so‘zlar: sintaktik usul, ot+ot tipidagi qo‘shma otlar, old qo‘shimcha+ot, ot+hozirgi zamon negizi, old qo‘shimcha+ot, ravish+ot, ot+ravish, sifat+ot, sifat+ot+affiks, ot+ot+affiks, ot+affiks+ot.