KULOLCHILIK TERMINLARINING KOʻP MA’NOLILIKKA MUNOSABATI
##article.abstract##
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada tilning umumiy lug‘at tarkibidagi koʻp ma’nolilik va bir ma’nolilik hodisasi kulolchilik terminlari misolida ochib berilishiga bagʻishlangan. Hunarmandchilikning boshqa sohalari qatori kulolchilik terminologiyasida koʻp ma’nolilik hodisasining yuzaga kelishi tadqiq etilgan. Maqolada besh jildli “Oʻzbek tilining izohli lug‘ati”dan oʻrin olgan kulolchilikka oid soʻz va terminlarning koʻp ma’nolilik xususiyatlari keng tahlilga tortilgan. Kulolchilik terminlarda ham hosila ma’no natijasida koʻp ma’nolilik holati roʻy berishi kuzatilgan. Sohaga oid terminologik qatlam badiiy uslubda uzoq davr davomida shakllanib, ayrim hududlarda idish-tovoqlar turlari va naqshlarining oʻziga xosligi saqlanib kelishiga olib kelgan. Soha terminologiyasiga xos boʻlgan buyumlaridagi naqsh va gul nomlarining aksariyatida koʻp ma’nolilik xususiyati mavjudligi tadqiqotda faktik materiallar bilan koʻrsatib berilgan.
Kalit soʻzlar: termin, soha, kulolchilik, hunar, sopol, chinni, keramika, loy, fayans, koʻp ma’no.