BIOGRAFIK METODNING MOHIYATI VA OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI
##article.abstract##
ANNOTASIYA
Biografik metod vositasida, asosan, yozuvchining ijodiy lobaratoriyasi oʻrganiladi. Biografik metod bu jihatdan oʻziga xos imkoniyatlarga egadir. Bu metodning eng muhim qirrasi shundaki, unda muallif-shaxs bilan muallif-ijodkor farqlanmaydi. Muallif xarakter-xususiyati u yaratgan obrazda mujassamlangan boʻladi, deb qaraladi. Ijodkor biografiyasiga tayanib, u yaratgan asar va asar qahramonlari tushuntiriladi. Shuning uchun biografik metod adabiy portret yaratishda eng qoʻl keladigan metod sanaladi. Biografik janr oʻz rivojlanish yoʻli davomida turli koʻrinishlarga ega boʻldi. Aslida biografik janrdagi asarlarning ildizlari olis antik davrlarga borib taqaladi. Ammo biografik janr shaxs va uning fikr erkinligi qaror topgan davrlardagina toʻliq shakllanib, chinakam taraqqiyotga erishadi.
Kalit soʻzlar: biografik metod, xotiralar, biografiya, tarjimayi hol, ijodkor shaxsi, hujjatlilik, haqqoniylik, badiiy haqiqat va hayot haqiqati.