FRANS KAFKA ASARLARI TARJIMASIDAGI YOLG‘IZLIKKA MAHKUM INSON OBRAZINING TALQINI VA TASAVVURIDAGI DUNYO KARTINASI
##article.abstract##
ANNOTATSIYA
Kafka asarlari tarjimasidagi Inson obrazi yolg‘izlikka mahkum qilingan. Uning xususiyatlarini tarjimonlar yozuvchining har asarida alohida aks ettirishga harakat qiladi, bu ayniqsa, yozuvchining hikoyalarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Kafka ijodining tarjimalarida Dunyo kartinasi absurdizm yordamida tasvirlanadi, adib dunyosida adabiyot ortiq haqiqatni realistik uslubda tasvirlamaydi. Bu tasvirlar tarjimada xuddi shunday aks etadi. Kafka olamidagi Inson obrazi va Dunyo qiyofasini qabul qilishiga doir fikrlarning ildizlari tadqiqotchilarni tag‘in adibning olis bolaligi tomon etaklaydi va yana yozuvchining otasi bilan bo‘lgan munosabatlariga duch kelasiz. Kafkaning otasi o‘g‘lidan Dunyoga o‘zining nigohi bilan qarashga majburlardi, u o‘rnatgan cheklovlarga hamisha adib yon berardi. Ushbu maqolada Frans Kafka asarlari tarjimasidagi yolg‘izlikka mahkum Inson obrazining talqini va tasavvuridagi Dunyo kartinasi keng yoritilgan.
Kalit so‘zlar: Inson, obraz, asarlar, tarjima, yolg‘izlik, hikoya, ijod, Dunyo kartinasi, adabiyot.