LISONIY GRADASIYANING MORFOLOGIK, LEKSIK-SEMANTIK SATHDA PARADIGMA SIFATIDA NAMOYON BO‘LISHI

##article.authors##

  • N. Mahmudova

##article.abstract##

ANNOTASIYA

Morfologik tadqiqotlarda darajalanish hodisasi haqidagi dastlabki umumiy qarashlar sifat (ravish) darajasining anʼanaviy talqinlarida, uch va undan ortiq aʼzoli egalik, kelishik, zamon, shaxs-son kabi kategoriyalar tavsiflarida, maʼnoning morfologik yoʼl bilan kuchaytirish-ozaytirilishi, soʼz trukumlarining oʼzaro bir-biriga oʼtishi (transpozitsiya), funktsional formalar (sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi) orqali bir soʼz turkumining boshqa soʼz turkumi xususiyatiga ham ega boʼlishi kabi masalalar talqinlarida koʼzga tashlanadi. Maʼlumki, forma yasalish doirasi, anʼanaga koʼra, forma yasovchi affikslar va yordamchi soʼzlar bilan chegaralanar edi. Soʼnggi yillarda soʼzlarning takroriy va juft koʼrinishlari ham forma yasalishlari sifatida talqin etilmoqda. Morfemali koʼrsatkichlar affikslar (prefikslar va suffikslar bilan) va affiksoidlar orqali namoyon boʼladi. Аffiksoidlar tarkibida biror bir belgining katta yoki oliy, chegaraviy darajasini bildiruvchi prefiksoidlar farqlanadi.

Kalit so‘zlar: gradasiya, darajalanish hodisasi, kelishik, zamon, shaxs-son kabi kategoriyalar, morfemali koʼrsatkichlar, soʼz qoʼshish…..

Загрузки

##submissions.published##

2023-11-15