KONTRASTIV LINGVISTIKA VA INTERFERENSIYA HODISASI
##article.abstract##
ANNOTATSIYA
Maqolada kontrastiv lingvistika va uning interferensiv holatlar bilan bog‘liq tomonlari hamda kontrastiv tilshunoslik haqida tilshunoslar qarashlari, tillarni o‘rganishda ularning farqli jihatlarini tilning barcha sathlarida o‘rganish, nafaqat leksik, fonetik, grammatik jihatdan kontrast holatlarni aniqlash, balkim olamning lisoniy manzarasi turli tilda, turli xil aks etishi va buning uchun shu til egalari madaniyati, urf-odatlarini o‘rgangan holatda til o‘rganish, tilni o‘rganishda qaysi jihatlariga ko‘proq e’tibor qaratish lozimligi haqida bayon etilgan.
Ushbu maqolada interferensiv holatlarni kontrastiv lingvistika zamirida aniqlash mumkinligi hamda interferensiv holatlarning oldini olish borasida tavsiyalar berilgan.
Kalit soʻzlar: Kontrastiv lingvistika, ikki tillilik, trilingvizm, ko‘p tillilik, kongruentlik va ekvivalentlilik tushunchalari, lingvomadaniy tilshunoslik, olamning lisoniy manzarasi, zoomorfli metafora, fitomorfli metafora, artifaktli metafora, interferensiya.