“OʻZBEK TILINING IZOHLI LUGʻATI”DAGI QIPCHOQ DIALEKTIGA OID BA’ZI LEKSEMALAR VA ULARNING LISONIY XUSUSIYATLARI TAHLILI

##article.authors##

  • M. Bobotayev

##article.abstract##

ANNOTATSIYA

O‘zbek tili qipchoq shevalari leksikasi ona tilimizning umumdialektal leksikasi tarkibida o‘ziga xos o‘ringa ega. Aytish joizki, ushbu shevaning so‘z boyligi umumturkiy leksik qatlamdan iborat bo‘lsa-da, bu sheva vakillari leksonida adabiy tilda qo‘llanmayotgan ko‘plab leksik birliklar mavjud. Ularning hozirgacha jonli muomalada bo‘lib kelayotganligi esa mahalliy sharoitlar bilan uzviy bog‘liqdir. Qipchoq dialektining o‘zbek adabiy tili shakllanishida va rivoj topib hozirgi holatga kelishida juda katta ro‘li bor. Umuman olganda dialekt va shevalarning yuzaga kelishi, rivojlanishi urug‘ va qabilalarning tarixini o‘rganish, genetik jihatdan o‘zbek xalqi tarkibiga kirgan boshqa etnik guruhlar bilan turli tarixiy davrlardagi munosabatini o‘rganish bir qator tarixiy-lingvistik muammolarni hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur maqolada “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”dagi qipchoq dialektiga oid ayrim leksemalar va ularning lisoniy xususiyatlari adabiy til va boshqa dialektizmlardan farqlanuvchi fonetik, leksik, morfologik tomonlari qisqacha qiyosiy tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar: o‘zbek tili, adabiy til, sheva, lahja, qipchoq dialekti, dialektal so‘zlar, dialektizmlar, lug‘atlar, qarluq-chigil-uygʻur, oʻgʻuz, kelishik, egalik.

Загрузки

##submissions.published##

2023-11-15