MORFOLOGIK PARADIGMANI SHAKLLANTIRISH TAMOYILLARI XUSUSIDA
##article.abstract##
ANNOTATSIYA
Mazkur maqola morfologik paradigmani shakllantirish tamoyillari tahliliga bag‘ishlangan. Tilni sistema sifatida o‘rganish kerakligi haqida gap boradi. Nutq faoliyatida morfologik paradigmalarni shakllantirishda morfologiya va fonologiyaning qorishuvi va oʻzaro ta’siri asosida morfofonologik hodisasi tahlillar orqali ko‘rsatilgan. Morfofonologik hodisasiga unli tovushlar uyg‘unligi, undoshlar almashinishi, assimilyatsiya, reduplikatsiya kabi hodisalarni kiritishimiz, fonetik va fonologik muvofiqlikni ta’minlash uchun morfologik paradigmalar ichida morfofonologik qoidalar ishlashini inobatga olish lozimligi ta’kidlangan. Paradigmatik hodisalarning morfologik jihatlarini tushunish tilni qayta ishlash va oʻzlashtirishga ta’sir qilishi o‘rganilgan. Nutqiy faoliyat jarayonida soʻzlovchilar morfologik paradigmalar ichidagi turli shakllarni qayta ishlashi va ularga yangi ma’no jilolarini yuklasni asoslangan. Nazariy fikrlarga asoslangan holda nutq faoliyatida morfologiya va sintaksis oʻrtasidagi bog‘liqlik tadqiq qilingan.
Tayanch so‘z va iboralar: nutq faoliyati, morfologik paradigma, funksional grammatika, generativ lingvistika, gorizontal harakat, paradigmatika, sintagmatika.