O‘ZBEK TARIXIY FOLKLORI DA TARIXIYLIK

##article.authors##

  • U. Jumanazarov

##article.abstract##

ANNOTATSIYA

Folklorning tarixiyligi inson ongi, dunyoqarashining o‘sishi bilan aloqadorlikda doim o‘zgarib boradi. Demak, tarixiylik printsiplari butun folklor miqyosida bo‘lgani kabi har bir janr doirasida ham o‘zgarib boruvchi tushunchadir. Bu tushuncha folklor janrlari bilan  bog‘liklikda vujudga kelib, rivojlanib, o‘zgarib bevosita ana shu janrlar bilan bog‘liqda intihoga etishi mumkin. Shuning uchun ham ikki tarixiy davrda yaratilgan asarni bir xil tarixiylik printsiplari bilan o‘lchash mumkin emas. Chunki har bir davrning estetik talablarini qondiradigan o‘z janrlari bor va ularning har bir davr talablarini javob bera oladigan tarixiylik printsiplari mavjud. Masalan, “Alpomish” dostonidagi tarixiylik darajasini “Mamatkarim polvon” dostoniga qiyoslab bo‘lmaydi. Aslida bir keskin farqlanishlariga olib kelgan narsa tarixiylik darajasidir. Bevosita mana shu me’yor tufayli vujudga kelgan hosila ikkinchi bir tushunchani tug‘diradi. Bu esa “tarixiy folklor” tushunchasidan iborat. Ushbu maqolada o‘zbek tarixiy folkloriga xos muayyan janrlari, xususan, tarixiy doston, tarixiy rivoyat va tarixiy qo‘shiqlardagi  tarixiylik masalasi yoritilgan.

Kalit so‘zlar: tarixiy folklor, folklor tarixiyligi, janr, epos, tarixiylik printsiplari, baxshi-shoir, epik repertuar.

Загрузки

##submissions.published##

2023-11-15