DOSTONLAR TILIDAGI SINONIMLARNING SEMANTIK-STILISTIK XUSUSIYATLARI
##article.abstract##
ANNOTATSIYA
Umumxalq tilining tarkibiy qismi sifatida dostonlar tili ham sinonim hamda variantlarning mo‘lligi bilan ajralib turadi. Doston aytish jarayonida tildagi bu hodisalarga tez-tez murojaat etishning ma’lum sabablari bor, albatta. Sinonimik uyadagi elementlar o‘z semantikasiga ko‘ra aynan bir xil qiymatga ega emasligi yoki funksional-stilistik nuqtayi nazardan farqlanishi bunga sabab bo‘ladi. Ba’zan epik asarning she’riy yo‘l bilan aytiladigan qismida nazmga xos bo‘lgan talab va qoidalarning amal qilishi yoki, bo‘lmasin, hali adabiy til qoidalari qat’iylashtirilmagan bir zamonlarda shevachilikning kuchli ta’siri sinonimlar hamda variantlar qo‘llanishiga o‘z ta’sirini muttasil o‘tkazib turganligini ham e’tibordan soqit qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham dostonlar xalq tili boyligi va semantik-stilistik imkoniyatlarini yorqin namoyish eta oladigan o‘ziga xos oynadir. Islom shoir «Orzigul» dostonida qo‘llagan sinonimlarning ayrimlarini ko‘zdan kechiramiz. Ushbu maqolada dostonlar tilida qo‘llangan sinonimlarning semantik-stilistik xususiyatlari haqida fikr yuritilgan bo‘lib, xususan, o‘zbek xalq baxshisi Islom shoirning «Orzigul» dostonining tili tahlilga tortilgan. Bu doston matnida sinonimik qatordagi har bir so‘zlarning ma’nosi izohlangan va stilistik xususiyatlari bayon etilgan.
Kalit so‘zlar: sinonim, sinonimik qator, semantik-stilistik xususiyat, individual ijod mahsuli, epitet.