TILNING O‘ZIDAGI NOMLASH AN’ANASI VA UNING TARIXIY ILDIZLARI XUSUSIDA
##article.abstract##
ANNOTATSIYA
Maqolada tilning o‘zidagi nomlash an’anasi va uning tarixiy ildizlari haqida fikr yuritilib, yangi nomlar yaratishda, avvalo, jonli xalq tiliga murojaat etish, shuningdek, tilning tarixiy nomlash an’analariga tayanish lozimligi asoslab berilgan. O‘zbek tilining yangi tushunchalarni nomlash borasidagi imkoniyatlari juda yuqori bo‘lib, o‘zining kamida ming yillik tarixiy asoslariga ega. Turli davrlardagi ayrim ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar tufayli bir qancha o‘zbekcha (turkiy) so‘zlar va qo‘shimchalar o‘z o‘rnini o‘zga til birliklariga bo‘shatib bergan. Ayniqsa, rus tilining kuchli ta’siri tufayli o‘zbek tilining hozirgi so‘z yasash imkoniyatlari biroz cheklanib qolgan. Shuning uchun o‘zbek tilining o‘ziga xos tarixiy nomlash an’anasini chuqur o‘rganish va tahlil qilish bugungi tilshunoslikning muhim masalalaridan biri hisoblanadi.
Kalit so‘zlar: nomlash an’anasi, til tarixi, o‘z so‘zlar, o‘zlashma so‘zlar, tillar aralashuvi, tilning boyishi, so‘zlar etimologiyasi