TRANSFORMATSIYA NAZARIYASINING JAHON TILSHUNOSLIGIDAGI TAVSIFI

##article.authors##

  • O. Eshboyeva

##article.abstract##

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada tilshunoslikdagi sintaktik transformatsiyaning matnda namoyon bo‘lishi, hamda ushbu hodisani vujudga keltiruvchi omillar haqida nazariy fikrlar keltirilgan. Sintaktik transformatsiyaning lingvistik mohiyati va transformatsiya nazariyasining jahon tilshunosligidagi tavsifi borasida turlicha bahs-munozaralar yuritilgan. Transformatsiyaning derevatsiya va transpozitsiya kabi hodisalardan farqli va o‘xshash xususiyatlarini turli tilshunoslar turlicha belgilaydilar. Maqolada transformatsiya nazariyasi haqidagi o‘ziga xos lingvistik qarashlar, xususiyatlar keltirilgan bo‘lib, bu xususiyatlarni birlashtirib turuvchi umumiy ma’noni topish va transformatsiyaning lingvistik tabiatini chuqurroq bilib olish vazifa qilib qo‘yilgan.

Kalit so‘zlar: Sintaktik transformatsiya, transforma, derivatsiya, transpozitsiya, transformatsion grammatika, tub struktura, tayanch struktura, hosila struktura, E.Sepir, L.Blumfild, N.Xomskiy, Z.Xarris.

Загрузки

##submissions.published##

2024-05-04

##issue.issue##

##section.section##

Статьи