JAHON TILSHUNOSLIGI TARIXIDA TILNING MORFEM SATHI HAQIDAGI TADQIQOTLAR VA ULARGA MUNOSABAT

##article.authors##

  • I. Xaydarova

##article.abstract##

ANNOTATSIYA

Tilshunoslik tarixida til va nutq o‘zaro farqlanishi bilan tilning turli sathlarida mazkur zidlanishning namoyon bo‘lishini tadqiq etishga e’tibor kuchaydi, buning natijasida til va nutq birliklarini ajratish ehtiyoji paydo bo‘ldi. Til ishoralar sistemasi sifatida o‘z birliklarining turli kombinatsiyalari orqali cheksiz axborotlarni uzatishga qodir. Shu sabali ham til birliklarining soni, miqdori chegaralangan bo‘lishiga qaramay, bu birliklar nutqda turli tuman ko‘rinishda, variantda namoyon bo‘ladi. Bunday vaziyatda ular til birligi maqomidan nutq birligi maqomiga o‘tadi. Boshqacha aytganda, til birligining nutqda sodir bo‘lgan ko‘rinishi nutq birligidir. Ushbu jarayonda tilning maksimal birligi (so‘z)da mujassam bo‘lgan tilning boshqa kichik birliklari (fonema va morfema) so‘z orqali tildan nuqqa ko‘chadi. Bunda nutqning minimal birligi bo‘lgan gap (jumla) ular uchun nutq tarkibidan o‘rin olishda makon vazifasini o‘taydi. Shu bois ushbu masala tilshunos olimlarni asrlar davomida qiziqtirib, turli tadqiqot ishlarining yuzaga kelishiga sabab bo’lgan. Ushbu maqolada tilning morfem sathi va uning boshqa til birliklari bilan munosabatiga doir tadqiqotlarning olib borilish tarixiga nazar tashlanadi.

Kalit so‘zlar: til, nutq, fonema, morfema, so‘z, gap, jumla, semantik motivatsiya, fonetik motivatsiya, morfologik motivatsiya

Загрузки

##submissions.published##

2024-05-04

##issue.issue##

##section.section##

Статьи