AMIR XUSRAV DEHLAVIY VA ALISHER NAVOIY “XAMSA”LARINING BIRINCHI DOSTONLARIDA SO‘FIYLAR AXLOQIY QIYOFASINING QIYOSIY TALQINI
##article.subject##:
Amir Xusrav Dehlaviy, Alisher Navoiy, “Matla’ ul-anvor”, “Hayrat ul-abror”, tasavvuf, so‘fiy, valiy, Nizomiddin Avliyo, Bahouddin Naqshband, Abdurahmon Jomiy, komil inson, riyokor shayx, “Xamsa”.##article.abstract##
Maqolada Amir Xusrav Dehlaviyning “Matla’ ul-anvor” va Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonlarida valiy va so‘fiy obrazlarining badiiy-falsafiy talqini qiyosiy o‘rganiladi. Tadqiqda Nizomiddin Avliyo, Bahouddin Naqshband va Abdurahmon Jomiy obrazlari, shuningdek, chin so‘fiy hamda riyokor shayx timsollarining yaratilish tamoyillariga e’tibor qaratildi. Tahlil jarayonida Xusrav Dehlaviyda Nizomiddin Avliyo bevosita pir, ruhiy rahbar va komil inson sifatida ulug‘lanadi; Navoiyda esa Bahouddin Naqshband va Jomiy timsollari orqali komillik, poklik, kamtarlik va ilohiy muhabbat g‘oyalari ifodalanadi. Har ikki ijodkor so‘fiylikni tashqi ko‘rinish emas, balki axloqiy poklanish va nafsni yengish bilan bog‘laydi. Shu bilan birga, Xusrav Dehlaviy tasavvufiy odob va tarkidunyochilik masalasini bevosita muhokama qilsa, Navoiy riyokor shayx obrazini hajviy-satirik vositalar orqali fosh etadi. Tadqiqot natijasida “Xamsa” an’anasida komil inson g‘oyasining izchil rivojlanishi hamda so‘fiy obrazining badiiy-falsafiy vazifasi aniqlanadi.
Библиографические ссылки
Alisher Navoiy. TAT: Oʻn jildlik / mas’ul muharrir: S.Rafiddinov. J.6. – T.: Gʻ.Gʻulom nomidagi NMIU, 2012. – 812 b.
Амир Хусрав Деҳлавий. «Матлаъул анвор». Составление критического текста и предисловие Тахира Ахмед оглы Магсррамова. Вступительная статья Г. Ю. Алиева. – М: Наука, 1975
Давлатшоҳ Самарқандий. Шоирлар бўстони (“Тазкират уш-шуаро”дан). – Тошкент: Ғафур Ғулом, 1981.
Комилов Н. Тасаввуф. – Тошкент: Мовароуннаҳр – Ўзбекистон. 2009. – 448 б.
Muhiddinov M. Ko‘ngil hayratlari. – Toshkent: Tamaddun, 2021. – 496 b.
Муҳиддинов М. Комил инсон – адабиёт идеали. – Тошкент: Маънавият, 2005. – 208 б.
Шомуҳамедов Ш. Одамийлик иншоси. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1984.