ALISHER NAVOIY IJODINING BADIIY MOHIYATI HAQIDA MUMTOZ TADQIQOT
##article.subject##:
romantic uslub, badiiy usullar, tavsif, tarixiy manba, ijtimoiy fikr, muhabbat mavzusi, ma’rifiy-badiiy tafakkur##article.abstract##
Maqolada Alisher Navoiyning komil inson va komil jamiyat haqidagi qarashlari Sharqning mutafakkir allomalari Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Nosiruddin Burhonuddin o’g’li Rabg’uziy, Nosir Xusrav, Kaykovus, Nizomiy Aruziy Samarqandiy, Fariduddin Attor, Sa’diy Sheroziy, Ubayd Zokoniy, Abdurahmon Jomiy, Husayn Voiz Koshifiy ijodiy meroslari rakursida qiyosiy-tipologik asosda o’rganiladi. Alisher Navoiyning she’riyatda majoziy tasvir va tavsif ifoda etilgan badiiy tasvir usullari haqida fikr yuritiladi. Maqola muallifi o‘z fikr-mulohazalarini asoslash uchun mo‘tabar islomiy manba’larga ham murojaat etadi. Ulug‘ shoir lirikasidan o‘rin olgan asarlar turli tasviriy usullar vositasida mazmunan kengayib borganligi yoritiladi.Kitob muallifi komil jamiyat va komil inson masalasi barcha zamonlarda ham ijodkorlarning diqqat markazida turganligini ta’kidlar ekan, shu ma’noda “Siyosatnoma”,”Qobusnoma”, “Chahor maqola”, “Guliston”, “Bahoriston”, “Mahbubul-qulub”, “Axloqi Muhsiniy”kabi asarlar davrlar ehtiyoji va talabi asosida yuzaga kelganligini qayd etadi. Olim bu asarlarning ayrimlari nafaqat badiiy qimmati, balki obrazlar tizimi, mavzu diapozoni nuqtai nazaridan ham bir-biridan farq qilishini yoritib beradi.
Библиографические ссылки
Абдураҳмон Жомий А. Баҳористон. Танқидий матн.– М.: «Наука», 1987.
Алишер Навоий А. Мукаммал асарлар тўплами. 20 жилдлик, 14-жилд. –Тошкент: Фан, 1998.
Алишер Навоий А. Мукаммал асарлар тўплами. 20 жилдлик, 15-жилд. –Тошкент: Фан, 1998.
Валихўжаев Б. Комил инсон – комил жамият: Алишер Навоий талқинида. «Маърифат», 2002, 23 янв.
Валихўжаев Б. ТАТ. 3 томлик. 2-т. – Тошкент: “Zarbuloq”, 2024.
Valixo’jayev B. Alisher Navoiyning nasriy asarlari: tasnif va tavsif. Mumtoz siymolar. 1-kitob. – Toshkent: Abdulla Qodiriy n-dagi XMN, 2002.
Имом Ғаззолий. Иҳёу улумиддин. Биринчи китоб. –Тошкент: «Мовароуннаҳр», 2003.
Кайковус. Қобуснома. – Тошкент: «Мерос», 1992.
Koshifiy Husayn.Voiz. Futuvvatnomai sultoniy yoxud javonmardlik tariqati. – Toshkent: Xalq merosi, 1994.
Убайд Зоконий. Куллиёти мунтаҳаб. –Душанбе: нашриёти Давлати Тожикистон, 1963.
Ҳайитов Ш. Моҳият ва бадиият. - Бухоро: “Дурдона” нашриёти, 2023.