ERKIN VOHIDOVNING NAVOIY POETIKASIGA INTERPRETATSION YONDASHUVI (“G‘azal sehri” turkumida besh g‘azalning poetik-falsafiy talqini)

##article.authors##

  • Atilla SULAYMANLI

##article.subject##:

Erkin Vohidov; Alisher Navoiy; g‘azal sharhi; poetik talqin; mumtoz meros; so‘z ko‘pma’noliligi; milliy xotira

##article.abstract##

Maqolada Erkin Vohidovning “So‘z latofati” kitobidagi “G‘azal sehri” bo‘limida Alisher Navoiyning besh g‘azaliga yozgan sharhlari qiyosiy-tipologik aspektda tadqiq etiladi. Asosiy maqsad g‘azallar mazmunini qayta bayon qilish emas, balki Vohidovning Navoiy poetikasini idrok etish va sharhlash tamoyillarini aniqlashdan iborat. Tahlil shuni ko‘rsatadiki, shoir-sharhlovchi so‘zning ko‘p ma’noliligiga, badiiy obrazning hissiy yukiga, inson ruhiyatining murakkab holatlariga va mumtoz matnning zamonaviy o‘quvchi bilan muloqotga kirishish imkoniyatiga alohida e’tibor beradi. “Shoir qalbining fig‘oni” sharhida iztirob, adolatsizlik va ozodlik ehtiyoji; “Qaro ko‘zim” sharhida esa “mardum” so‘zining ko‘p ma’noliligi, ishq, vafo va poetik so‘z o‘yini yetakchi o‘rin egallaydi. Besh sharhning yaxlit tizimi Vohidov Navoiy siymosini faqat tarixiy mumtoz shoir emas, balki zamonaviy insonning ma’naviy olami bilan suhbatlashadigan tirik poetik maktab sifatida talqin qilganini ko‘rsatadi.

Библиографические ссылки

Vahidov, E. (2024) Söz lətafəti. Özbəkcədən uyğunlaşdıran və ön söz müəllifi: A.Ü. Binnətova. Bakı: Elm və Təhsil, 166 s.

Vahidov E. (1987). Shoiru she’ru shuur. Adabiy o‘ylar. Toshkent: Yosh gvardiya, 1987.

Vahidov, E. (2000). Ishq savdosi. Saylanma. 1-jild. Toshkent: Sharq, 2000.

Binnətova, A.Ü. (2008). Azərbaycan-özbək (çağatay) ədəbi əlaqələri: dövrlər, simalar, janrlar, təmayüllər. Bakı: Qartal,

Vahidov, E. (2020). Füzulinin heykəli önündə // Müqayisəli ədəbiyyatşünaslıq. 2020, №1, s.315-316.

Загрузки

##submissions.published##

2026-10-17

##issue.issue##

##section.section##

Статьи