ALISHER NAVOIYNING “HAYRAT UL-ABROR” VA YAHYOBEY TOSHLIJALINING “GULSHAN UL-ANVOR” DOSTONLARIDA POETIK ARXITEKTONIKA

##article.authors##

  • Diyora ABDUJALILOVA

##article.subject##:

xamsanavislik, poetik arxitektonika, kompozitsiya, maqolat, hikoyat, tamsil, tanbeh, “Hayrat ul-abror”, “Gulshan ul-anvor”, qiyosiy tahlil, tasavvuf, sari’ bahri, struktura

##article.abstract##

Ushbu maqolada sakkiz asrlik tarixga ega xamsanavislik an’anasi doirasida yaratilgan dostonlarning poetik arxitektonikasi qiyosiy jihatdan tadqiq etiladi. Xususan, Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostoni hamda Yahyobey Toshlijalining “Gulshan ul-anvor” dostoni misolida mazkur an’ananing o‘ziga xos xususiyatlari, umumiy va farqli tomonlari ochib beriladi. Tadqiqotda dostonlarning mavzu va g‘oyasi, kompozitsion qurilishi, boblar tizimi, maqolat va hikoyatlar o‘rtasidagi munosabat, shuningdek, she’riy o‘lchov va poetik shakllar asosiy tahlil obyekti sifatida olinadi.

Maqolada arxitektonika tushunchasining nazariy asoslari yoritilib, uning kompozitsiya bilan o‘zaro aloqasi izohlanadi. Har ikki dostonning tarkibiy tuzilishi muqaddima, asosiy qism va xotima kabi bo‘limlar asosida qiyoslanadi. “Hayrat ul-abror” dostonida maqolat va hikoyatlarning izchil va tizimli ketma-ketligi kuzatilsa, “Gulshan ul-anvor”da bu tartib nisbatan erkin bo‘lib, maqolatlardan keyin hikoyat, tamsil va tanbehlar aralash holda keltiriladi.

Maqola natijalari shuni ko‘rsatadiki, har ikki doston sari’ bahrida yozilgan bo‘lsa-da, ularning arxitektonik qurilishida sezilarli tafovutlar mavjud. Navoiy dostonida qat’iy tizimlilik ustun bo‘lsa, Toshlijali asarida kompozitsion erkinlik va tasavvufiy talqin kuchliroq namoyon bo‘ladi. Shuningdek, “Gulshan ul-anvor”da hikoyatlar sonining ko‘pligi va ularning turli shakllar bilan boyitilishi uning o‘ziga xos badiiy xususiyatini belgilaydi.

Библиографические ссылки

Алишер Навоий. Ҳайрат ул-аброр. Мукаммал асарлар тўплами. 20-жилдлик. 7-жилд. – Тошкент.: Фан, 1991.

Архитектоника в литературе / Литературный энциклопедический словарь (Под общей редакцией В.М.Кожевникова и П.А.Николаева. – М.: Советская энциклопедия, 1987.

Ayşe Sağlam. Taşlıcalı Yahya Bey ve Hemsesi. Doktora tezi. – Diyarbakır, 2016.

Давлатов О. Алишeр Навоий шeъриятида Қуръон оятлари ва ҳадислар; Маънолар хазинаси / Истиқлол даври ўзбeк навоийшунослиги: 30 жилдлик. 28-жилд. – Тошкeнт: TAMADDUN, 2021.

Жўрақулов У. Алишер Навоий “Хамса”сида хронотоп поэтикаси. Монография. – Тошкент: Tamaddun, 2021.

Назарова Д. Абдураҳмон Жомийнинг “Субҳат ул-аброр” ва Алишер Навоийнинг “Ҳайрат ул-аброр” достонларининг қиёсий таҳлили. Филол.фан. бўйича фалс.док. (PhD) дисс... – Самарқанд, 2022.

Қуръони карим. Оли Имрон сураси, 198-оят

Қуръони карим. Инфитор сураси, 13-оят.

Қуронов Д. ва бошқалар. Архитектоника // Адабиётшунослик луғати. – Тошкент: Akademnashr, 2010.

Рустамов А. Навоийнинг бадиий маҳорати. – Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1979.

Таşlıcalı Yahyâ Bey. Gülsen-i Envâr. Karşılaştırmalı metin. Hazırlayan Ayşe Sağlam. – Ankara, 2016.

Валихўжаев Б. Ўзбек эпик поэзияси тарихидан. – Тошкент: Фан, 1974.

Хидирназаров С. Алишер Навоийнинг “Ҳайрат ул-аброр” достони. Достонда типология ва поэтик архитектоника масаласи. Фил.фан.ном. дисс. – Тошкент, 1990

Юсупова Д. “Хамса” поэтикаси: вазн, қофия ва мазмун муштараклиги. – Тошкент: Tamaddun, 2021.

Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф. Тафсири ҳилол. – Hilolnashr, 2023.

Загрузки

##submissions.published##

2026-10-17

##issue.issue##

##section.section##

Статьи