BO‘LMACHALAR FIBRILATSIYASI VA ISHEMIK INSULT O'RTASIDAGI BOG'LIQLIKNING‘ JINSGA VA YOSHGA DOIR FARQLARI

##article.authors##

  • Srojidinov Sardoriddin Shamsitdin o‘g‘li
  • Salixov Mirilxam Usmanovich
  • Narziev Nurali Muxamedovich
  • Jumaev Navro'z Shuhrat o‘g‘li
  • Kalash Dvivedi

##article.subject##:

bosh miyada qon aylanishining‘ o‘tkir buzilishi(BMQAO‘B), bo‘lmachalar fibrilatsiyasi, kardioembolik ishemik insult (KEII)

##article.abstract##

Tadqiqotning maqsadi kardioembolik ishemik insult (KEII) va bo‘lmachalar fibrillatsiyasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni, jinsga va yoshga doir xususiyatlarini o'rganish orqali  takroriy insult xavfini tabaqalash, tekshirish  va takroriy insultlarni  ikkilamchi oldini olish.

          Materiallar va usullar. Tadqiqotimizda o'tkir ishemik insult bo‘lgan 46 nafar bemor tekshirildi. Bemorlarning‘ klinik va nevrologik tekshiruv natijalari, instrumental, laborator va anamnestik ma'lumotlari batafsil o'rganildi. Statistik ishlov berish Excel dasturida amalga oshirildi anamnestik insult o‘tqazganligi va bo‘lmachalar fibrillatsiyasi o'rtasidagi bog'liqlikni o'rganish uchun p-0,05 qiymatidagi x2-kvadrat testidan foydalangan holda amalga oshirildi, ayniqsa gender farqlariga e'tibor qaratildi. Bo‘lmachalar fibrillatsiyasi(BF) bilan og'rigan bemorlarda BMQAO‘B (bosh miyada qon aylanishining‘ o‘tkir buzilishi ) xavfi CH2ADS2-VASc shkalasi bo'yicha baholandi.

            Natijalar. Barcha ishtirokchilarda insult va BF bo'yicha anamnestik ma'lumotlar o'rtasida sezilarli bog'liqlik kuzatildi (x² = 33,495, p < 0,05), bu anamnezidan insult o‘tqazgan odamlarda BF ehtimoli yuqori ekanligini ko'rsatadi. Bemorlarning asosiy shikoyatlari: to'satdan nutq buzilishi, disfagiya, o'ng-chap tomonlama gemiparez  va es-xushni yo‘qotish. Jinsga doir tahlil erkaklar (x² = 38,19, p <0,05) va ayollar uchun muhim bog‘liqliklarni aniqladi (x² = 45,15, p <0,05).

            Ushbu ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, KEII  va BF  o'rtasidagi bog'liqlik yosh guruhlarida X2- testiga ko‘ra  70-79 yosh guruhlarida sezilarli bog‘liqlik kuzatilgan (p> 0,005). Boshqa yosh guruhlarida sezilarli bog'liqlik aniqlanmagan.

Ayollarda CH2ADS2-VASc ning o'rtacha qiymati 2,75 (min-1, maks-4), erkaklar uchun bu qiymat 2,65 (min-1, maks-5) bo‘lgan. Takroriy BMQAO‘B yuzaga kelishida  sezilarli gender farqlar topilmadi.

            Magnit-resonans tomografiya(MRT) natijalariga asosan KEII da ishemiya o‘chog‘lari ko‘proq miyaning chap o‘rta miya arteriya xavzasida, o‘ng periventrikulyar va tepa soxalarida aniqlangan.

            Ekg ma'lumotlariga ko'ra, 8 nafar bemorda BF tipidagi yurak aritmiyalari aniqlangan.

            BF bo‘lgan bemorlarni dupleks skanerlash natijalari shuni ko'rsatdiki, 8 kishidan 2 nafarida gemodinamik jihatdan ahamiyatli stenoz, ichki uyqu arteriyalarida har ikki tomondan 50 va 60% ga teng. Boshqa hollarda, aterosklerotik pilakchalar  aniqlanmagan.

            BF bilan og'rigan bemorlarning EXO-KG ma'lumotlari chap bo‘lmachaning‘ hajmini 40 mm dan oshganligini, chap qorincha orqa devori va qorinchalar aro miokard qalinligini, yaniy 12 mm dan ortiq ekanligini (bu chap qorincha gipertrofiyasi mavjudligini ko'rsatadi, 2 bemorda), mitral qopqoqcha etishmovchiligi 2-darajasi (1 bemor), aortal qopqoqcha yetishmovchiligi 2-darajasi (2 bemor), chap qorincha apikal segmentning gipokinezi (1 bemor) va old-to‘siq soxaning‘ akinezi (1 bemorda) aniqlangan.Ushbu tadqiqot natijalari bo‘lmachalar  fibrilatsiyasi (BF) va anamnestik insult o'rtasida kuchli bog'liqlik mavjudligini va  gender farqlar mavjudligini ko'rsatadi.

            Xulosa. Olingan natijalarga ko'ra, turli shakldagi bo‘lmachalar fibrilatsiyasi (persistik, paroksismal yoki doimiy turi), bo‘lgan bemorlarda, hamda BF fonida BMQAO‘B bo‘lgan bemorlarda, KEII xavfini CH2ADS2-VASc shkalasi orqali baxolash va chuqurlashtirilgan kardiologik tekshiruv o‘tqazish zarur.  Ushbu tekshiruvlar EKG, transtorakal EXO-KG, miya MRT ( BMQAO‘B bo‘lgan bemorlar uchun) va braxiosefal  arteriyalar dupleks skanerlash amaliyotini o‘z ichiga oladi. Ushbu tadqiqotlar KEII ning ikkilamchi profilaktikasini tanlashga yordam beradi va keng ko'lamli istiqbolli yo'nalishlarni o'z ichiga oladi, jumladan, ochiq oval  teshikning endovaskulyar okklyuziyasi ( Pristipino C, 2019), yuqori intensiv gipolipidemik terapiya (Giugliano R, 2020), intensiv antitrombositlar, kombinatsiyalangan antitrombotik va antikoagulyant terapiyadan foydalanish (Johnston S, 2020; Sharma M, 2019), yurak ritmini nazorat qilish va aritmiyalarni zamonaviy endovaskulyar davolash usullarini o‘z ichiga oladi.

Библиографические ссылки

Всемирная организация здравоохранения. (2021). Сердечно-сосудистые заболевания (ССЗ). Получено из [ВОЗ ССЗ] (https://www.who.int/health-topics/cardioglass-diseases).

Tarulli A. Uncommon causes of stroke and stroke mimics. In: The Stroke Book. Ed. M. Torbey, M. Selim. Cambridge: Cambridge UP, 2013; p. 74-92. DOI:10.1017/CBO9781139344296.008

Ay H, Benner T, Arsava EM, et al. A computerized algorithm for etiologic classification of ischemic stroke: The Causative Classification of Stroke System. Stroke. 2007;38(11):2979-84. DOI:10.1161/STROKEAHA.107.490896

Асадуллаев М.М., Вахабова Н.М., Срожидинов С.Ш., Мирзалиева А.А., Солихов Б.М. Кардиоэмболический подтип ишемического инсульта: изученность проблемы и актуальные вопросы на современном этапе. Вестник ташкентской медицинской академии. 2024 № 8.

Sumeet S, Havmoeller R, Narayanan K, et al. Worldwide epidemiology of atrial fibrillation: a Global Burden of Disease 2010 Study. Circulation. 2014;129(8):837-47. DOI:10.1161/CIRCULATIONAHA. 113.005119.

Вольф, Пенсильвания, Эбботт, Р.Д. и Каннел, В.Б. (1991). Фибрилляция предсердий как независимый фактор риска инсульта: Фрамингемское исследование. Инсульт, 22(8), 983-988. doi:10.1161/01.STR.22.8.983

Миккельсен А.П., Линдхардсен Дж., Лип Г.Я. и Торп-Педерсен К. (2012). Женский пол как фактор риска развития инсульта при фибрилляции предсердий: общенациональное когортное исследование. Европейский кардиологический журнал, 33(21), 2730-2736. doi:10.1093/eurheartj/ehr401

Brambatti M, Connolly SJ, Gold MR, et al., ASSERT Investigators. Temporal relationship between subclinical atrial fibrillation and embolic events. Circulation 2014;129(21):2094-9. DOI:10.1161/CIRCULATIONAHA.113.007825

Turakhia MP, Ziegler PD, Schmitt SK, et al. Atrial fibrillation burden and short-term risk of stroke: case-crossover analysis of continuously recorded heart rhythm from cardiac electronic implanted devices. Circ Arrhythm Electrophysiol. 2015;8(5):1040-7. DOI:10.1161/CIRCEP.114.003057.

Freedman B. Major progress in anticoagulant uptake for atrial fibrillation at last: does it translate into stroke prevention? Eur Heart J. 2018;39(32):2984-86. DOI: 10.1093/eurheartj/ehy487.

Chamberlain AM, Gersh BJ, Alonso A, et al. Decade-long trends in atrial fibrillation incidence and survival: a community study. Am J Med. 2015;128(3):260-7.e1. DOI:10.1016/j.amjmed.2014. 10.030.

Асадуллаев М. М., Мирахмедова Х.Т.,Вахабова Н. М., Жуманазаров Д.Р.

Соҳибназаров Н.Г., Срожидинов С. Ш. Калаш Двиведи. Этиологическая структура и коморбидность при ишемическом инсульте. Journal of neurology and neurosurgical research. № 3 . 2024 год.

Загрузки

##submissions.published##

2024-09-26