TARQOQ SKLEROZ BILAN KASALLANGAN BEMORLARDA HARAKAT, KOGNITIV FUNKSIYALAR, HAYOT SIFATI VA FAOLLIK DARAJASIDAGI O‘ZGARISHLAR

##article.authors##

  • Madjidova Yakuthon Nabiyevna
  • Ochilova Dilafruz Furkatovna
  • Temirova Munojatkhon Kuvvataliyevna
  • Umarova Dilyora Bakhtiyorovna

##article.subject##:

UARS, PIDD, monosemptomatik boshlanish, birlamchi progresiv kechish

##article.abstract##

Tarqoq sklerozda harakat va kognitiv funksiyalarning o‘zgarishi bemorlarning hayot sifati va faollik darajasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Davolash, reabilitatsiya va qo‘llab-quvvatlashga individual yondashuv bemorlarning holatini va hayot sifatini yaxshilashga yordam berishi mumkin. TS bilan kasallangan bemorlarda, ayniqsa, qo‘l-oyoqlarda mushak kuchsizligi kuzatiladi. Charchoq — keng tarqalgan simptomlardan biri bo‘lib, jismoniy faollikni sezilarli darajada cheklashi mumkin.

Harakatlarni muvofiqlashtirishdagi buzilishlar va muvozanat muammolari yiqilish va jarohatlarga olib kelishi mumkin. Bu holat miyacha va harakat funktsiyalari uchun mas’ul bo‘lgan boshqa miya sohalarining faoliyatining buzilishi bilan bog‘liq. Ko‘plab bemorlarda spastiklik rivojlanadi, bu esa mushaklarning qattiqlashuvi va harakatlanishning cheklanishiga olib keladi. Vaqt o‘tishi bilan ayrim bemorlarda harakat buzilishlarining kuchayishi kuzatilib, harakatlanish uchun yordamchi vositalardan foydalanishga ehtiyoj tug‘iladi.

Bemorlar qisqa muddatli xotiraning zaiflashishi bilan duch kelishlari mumkin, bu esa yangi ma’lumotlarni eslab qolishni qiyinlashtiradi.

Diqqatni jamlash va ushlab turish qobiliyatining pasayishi kundalik hayotga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Cheklangan jismoniy faollik va doimiy og‘riq bemorlarning umumiy sog‘lig‘iga salbiy ta’sir qiladi. Depressiya, xavotir va ijtimoiy ajralish hayot sifatini jiddiy pasaytiradi. Jismoniy va kognitiv buzilishlar tufayli bemorlar muloqot qilishda va ijtimoiy aloqalarni saqlab qolishda qiyinchiliklarga duch kelishadi.

Библиографические ссылки

Delwaide, P. Human monosynaptic reflexes and presynaptic inhibition / P. Delwaide // In book: New Developments in Electromyography and Clinical Neurophysiology. In: Ed. Desmedt. - Basel, Switzerland. - 1973. - Pp. 508-522.

Delwaide, P. Short-latency autogenic inhibition (Ib inhibition) inhumanpasticity / P. Delwaide, E. Olivier // Journal of Neurology Neurosurgery and Psychiatry. - 1988. - Vol. 51, № 12. - Pp. 1546–1550.

Gupta, M. Effect of r-TMS over standard therapy in decreasing muscle tone of spastic cerebral palsy patients / M. Gupta, B. Lal Rajak, D. Bhatia et al // Journal of medical engineering and technology. - 2016. - Vol. 40, № 4. - Pp. 210-6.

Hagbarth K.E. Muscle spindle responses to stretch in normal and spastic subjects / K.E. Hagbarth, G. Wallin, L/ Lofstedt // Scandinavian journal of rehabilitation medicine. – 1973. – Vol. 5, №4. – Pp.156–159.

Mori, F. The use of repetitive transcranial magnetic stimulation (rTMS) for the treatment of spasticity / F. Mori, G. Koch, C. Foti et al. // Progress in brain research. - 2009. - Vol. 175. - Pp. 429-439.

Mori, F. Transcranial magnetic stimulation primes the effects of exercise therapy in multiple sclerosis / F. Mori, C. Ljoka, E. Magni et al. // Journal of Neurology. - 2011. - Vol. 258. - Pp. 1281–1287.

Negahban, H. Massage therapy and exercise therapy in patients with multiple sclerosis: a randomized controlled pilot study / H. Negahban,

S. Rezaie, S. Goharpey // Clinical Rehabilatation. - 2013. - Vol. 27, № 12. - Pp.1126-1136.

Nielsen, J. Changesin transmission across synapses of Ia afferents in spastic patients / J. Nielsen, N. Petersen, C. Crone // Brain. - 1995. - Vol. 118. - Pp. 995–1004.

Rymer,W. Mechanisms of spastic hypertonia / W. Rymer, R.T. Katz // In book: Spasticity: state of the art review. - Philadelphia: Hanley & Belfus. - 1994. - Vol. 8. - Pp. 441-54.

Rushworth, G. Spasticity and rigidity: an experimental study and review / G. Rushworth // Journal of neurology, neurosurgery and psychiatry. – 1960. – Vol. 23. Pp. 99–118.

Sheean, G. The pathophysiology of spasticity / G. Sheean // European journal of neurology. - 2002. - Vol. 9, Suppl 1. - Pp. 53-61.

Загрузки

##submissions.published##

2025-05-24