ISHEMIK INSULT ETIOLOGIK STRUKTURASI VA KOMORBID HOLATLAR

##article.authors##

  • Asadullayev M.M
  • Miraxmedova X. T
  • N. M. Vahabova
  • D. R. Jumanazarov
  • N. G. Sohibnazarov
  • S. Sh. Srojidinov
  • Kalash Dwivedi

##article.subject##:

ishemik insult, kardioembolik insult, bo‘lmachalar fibrilatsiyasi, kriptogen insult, transitor ishemik ataka

##article.abstract##

Tadqiqotning  maqsadi: ishemik insultning (II) turli subtiplari rivojlanishida etiologik omillar, komorbid holatlar, yoshga bog‘liqligi va gender xususiyatlarining diagnostik ahamiyatini o'rganish edi.Materiallar va usullar. Bizning kuzatuvimizda miyaning turli arterial havzalarida o'tkir ishemik insult rivojlangan 42 bemor bo‘lgan. Ularning o'rtacha yoshi 66,5 yoshni (49-85 yosh) tashkil etdi. Erkaklarning o'rtacha yoshi 63 va ayollarning yoshi 70 yoshni tashkil etdi. Tekshiruv mobaynida bemor shikoyatlari, kasallikning rivojlanishi va hayot tarixiga taaluqli malumotlar, fizik tekshiruv natijalari, shuningdek instrumental ko'rsatkichlar batafsil o'rganildi. Nevrologik etishmovchilik NIHSS shkalasi bo'yicha baholandi. Yurak faoliyati elektrokardiografiya (EKG) va exokardiografiya usullari yordamida o'rganildi(EXO-KG).  EXO-KG  va  braxiosefal arteriyalar dupleks skanerlashi MINDRAY CONSONA N9 rusumidagi apparatda o‘tqazildi. Miyaning magnit resonans tomografiyasi (MRT) tasvirlari Signa explorer 1.5 TV T1, T2 va DWI rejimlarida olingan .            Statistik hisob-kitoblar T-test, Xi-kvadrat va Anova kabi ko‘rstgichlarni aniqlash orqali , Excel programmasida amalga oshirildi. Etalon sifatida P = 0,05 qiymati qo‘llandi.            Natijalar. JSST tasnifiga ko'ra, bemorlarning yoshiga qarab taqsimlanishi quyidagicha bo‘ldi:  keksalar (60-74 yosh)-54 %, qari yoshdagilar (75-90 yosh)-24%, o'rta yoshdagi (45-59 yosh) esa 22% ni tashkil etdi.  Tadqiqot guruhini  52 % erkaklar  va 48 % ayollar  tashkil etdi. Erkaklar uchun o'rtacha tana vazn indeksi 29,3 kg/m2, ayollar uchun esa 31,733 kg/m2 ni tashkil etdi. Anamnezidan 8
nafar bemorda kasallik asta-sekinlik bilan boshlangan, bosh aylanishi va dizartriya ko‘rinishida namoyon bo‘lgan, 34 bemorda esa nutq buzilishi va gemiparez , ba'zi bemorlarda  es-xush buzilishi kuzatilgan. Erkaklarda chekish va ortiqcha vazn ustunlik qilgan, ayollarda esa bo‘lmachalar  fibrilatsiyasi  ko'proq kuzatilgan. Shu bilan birga, xavf omillari (qandli diabet, gipertoniya, semizlik, chekish, bo‘lmachalar fibrilatsiyasi, alkogol istemol qilish) va ishemik insult (aterotrombotik, kardioembolik, lakunar, kriptogen) o'rtasida sezilarli statistik bog‘liqlik  topilmadi (p = 0,826; p>0,05). NIHSS ayollar uchun 7,5 (2-16) va erkaklar uchun 8 (16-0) ni tashkil etdi. NIHSS shkalasi bo'yicha II podtiplarining jinsga bo‘lgan bog‘liqligi aniqlanmagan (p = 0.249;p>0.05). Anova statistik tahlili shuni ko'rsatadiki, nevrologik yetishmovchilikning og'irligi va II ning podtipi o‘rtasida  sezilarli farqlar mavjud (p=0,002; p<0,05.). 45% hollarda ishemik o'choqlar bosh miyaning o'rta miya arteriyasi  havzasida joylashgan, 26% da MRT da o'tkir  ishemik o'choqlar aniqlanmagan, bu esa ishemik insultning o'tkir davrida ishemik o'chog'ning shakllanib bo‘lmaganligi bilan bog‘liq. Miya yarim sharlarida ishemik o'choqlarning lokalizatsiyasi va II podtipi o'rtasida sezilarli farqlar aniqlangan (p = 0.01; p<0.05).        Kardioembolik podtipdagi II ishemik o‘chog‘ aksari holatda bosh miyaning chap va o'ng o'rta miya arteriyasi havzasida, shuningdek tepa qismiga ta'sir qiladi.             Aterotrombotik subtipli II da ishemik o‘chog‘  bosh miyaning chap o‘rta miya arteriyasi, o'ng periventrikulyar va tepa sohalarida joylashishi aniqlangan.             Kriptogen subtipli II da ishemik o‘chog‘ aksari holatda bosh miyaning o‘ng  orqa miya arteriyasi havzasida joylashishi qayt qilingan.               Lakunar subtipli II da ishemik o‘chog‘ aksari holatda chap periventrikulyar sohada joylashishi qayt qilingan.            Dissirkulyator ensefalopatiya (DE) tashxisi qo‘yilgan bemorlarda asosan frontal-parietal-temporal sohaning atrofiyasi aniqlangan.            Dupleks skanerlash orqali umumiy uyqu arteriya, ichki va tashqi uyqu arteriyalari, shuningdek vertebro-bazillar arteriyalari  hajmi va qon oqimining tezligi baholandi. Ushbu ma'lumotlarga ko'ra, gemodinamik ahamiyali stenoz , yaniy 70% va undan ortiq , 4 nafar bemorda qayd etilgan, yana 4 nafar bemorda gemodinamik jihatdan ahamiyatsiz stenozlar (50-70 % oralig'ida ) qayd etilgan, 7 nafar bemorda ushbu ko‘rsatgich 50% dan past bo'lgan. Stenozlar asosan umumiy uyqu arteriyalarining bifurkatsiya sohasida, shuningdek, ichki uyqu arteriyasida, ko'pincha ikki  tomonlama simmetrik joylashganligi qayt qilingan.             Bo‘lmachalar fibrillatsiyasi (BF) bilan og'rigan bemorlarda II xavfi CH2ADS2-VASc shkalasi bo'yicha baholandi. Ayollarda CH2ADS2-Vasc o'rtacha qiymati 2,75 (min - 1, MAK-4) , erkaklar uchun bu qiymat 2,65 ( min - 1 , Maks-5) ni tashkil etdi. Takroriy II  xavfi bo'yicha sezilarli gender farqlari aniqlanmagan. Shuni ta'kidlash kerakki, BF kardioembolik insult holatlarining 72 % aniqlangan.Yuqoridagi ma'lumotlar asosida 42 bemorda II subtiplari  quyidagicha aniqlangan: aterotrombotik subtipi 13 holatda, kardioembolik 11 holatda, lakunar - 1, transitor ishemik ataka (TIA) - 4, DCE-2 va kriptogen subtipi 11 holatda aniqlangan. II ning turli subtiplarining tarqalishi sezilarli darajada farq qildi (p = 0.005; p > 0.05).            Xulosa: Bo'lmachalar fibrilyasiyasi va ishemik insult o'rtasida statistik jihatdan ahamiyatli gender farqi aniqlanmagan. Aksari holatda II ning havf omili sifatida  erkaklarda chekish , alkogolizm va ortiqcha vazn aniqlangan bo‘lsa, ayollar orasida BF bo'lgan. Erkaklarda ishemik insult, ayollardan farqli ravishda, erta debyut bilan ajralib turgan (o'rtacha 63 yoshda).     Tekshirilganlar orasida aksari qismi (54%) keksa yoshdagi shaxslar (60-74 yosh) bo'lib, bu yosh toifasi ishemik insult havfi yuqori guruhga mansubligi aniqlangan va bu guruhga mansub bemorlarni  chuqurroq tekshirish  lozimligi aniqlangan.     Kardioembolik va aterotrombotik insultlar, klinik kechishiga  ko‘ra , TIA, kriptogen va lakunar subtipli ishemik insult bilan solishtirganda (NI
HSS ma'lumotlariga ko'ra ) og'irroq kechgan. Kardioembolik subtip II strukturasida 26% tashkil qildi. Bu subtipdagi II ning asosiy sababi BF bo'lib, u 72% hollarda aniqlangan(p = 0.001; p > 0.05). Kardioemboliya rivojlanishining boshqa sabablari sifatida: sun'iy klapanlar, mitral va aortal klapan etishmovchiligi, chap qorincha fraktsiyasining pastligi deb topilgan. Kriptogen subtipning ko‘p hollarda uchrashi (26%) sababi emboliya manbayi aniqlanmaganligi va ixtisoslashgan markaz darajasida ushbu toifadagi II ni  sinchkovlik bilan tekshirish va aniq subtipini tashxislash zarurligini ko'rsatadi.

Библиографические ссылки

Feigin V.L. Global, regional, and national burden of stroke and its risk factors, 1990-2019: a systematic analysis for the Global Burden of Disease Study 2019/ V.L. Feigin, B.A. Stark, C.O. Johnson [et al.] // The Lancet. Neurology. - 2021. - V. 20. - № 10. - P. 795-820.

Rexrode, K.M. The Impact of Sex and Gender on Stroke/ K. M. Rexrode, T.E.Madsen, A.X.Y. Yu [et al.] // Circulation Research. - 2022. - V. 130 - № 4. - P.. 512-528.

Saini, V. Global Epidemiology of Stroke and Access to Acute Ischemic Stroke Interventions/ V. Saini , L. Guada, D. R. Yavagal // Neurology. - V. 97. - № 20. - P. 6-16.

Roger, V.L. American Heart Association Statisticstics Committee and Stroke Statistics Subcommittee. Heart disease and stroke statistics/ V.L. Roger, A.S. Go, D.M. Lloyd-Jones [et al.] // American Heart Association, Circulation. -2012. V. - 125. - № 1. - P. 2-220.

World Health Organization: official website. - URL: http://www.who.int/news-room/fact-sheets/detail/the-top-10-causes-of-death (Accessed on 30.03.2021). - Text: electronic.

Aнaлитические мaтериaлы Гoсудaрственнoгo кoмитетa Республики Узбекистaн пoстaтистике. — 2022 г.

Мировая статистика здравоохранения, 2022 г.: мониторинг показателей здоровья в отношении ЦУР.

Мусаева О. Т., Ризаев Ж. А., Халилова Б. Р. Здоровое старение как показатель качество жизни. организация медицинской помощи для лиц старческого и пожилого возраста //Internationalscientificandpracticalconference" thetimeofscientificprogress". – 2022. –Т. 1. – №. 2. – С. 27-34.

.Набережная И.Б. Динамика оказания высокотехнологичной медицинской помощи на примере Астраханского региона.Международный научно-исследовательский журнал 2020. № 11(113) Часть 2. Стр. 188-192.

Подзолков, В. П., Самсонов, В. Б., Чиаурели, М. Р., Кокшенев, И. В., Сабиров, Б. Н., Данилов, Т. Ю., ... & Саидов, М. А. (2017).Врожденные пороки клапанов сердца: современные подходы к диагностике и хирургическому лечению. Бюллетень НЦССХ им. АН Бакулева РАМН. Сердечно-сосудистые заболевания, 18(3), 271-277.

Стожарова Н.К., Махсумов М.Д., Садуллаева Х.А., Шарипова С.А. Анализ заболеваемости населения Узбекистана болезнямисистемы кровообращения. Молодой ученый. 2015; 10: 458-462.

Леменев, В.Л. Цереброваскулярные заболевания и стенотическое поражение брахиоцефальных артерий: эпидемиология, клиническая картина, лечение/ В.Л. Леменев, В.А. Лукьянчиков, А.А. Беляев // ConsiliumMedicum. - 2019. - №9. - С. 29-32.

Покровский, А.В. Ишемический инсульт можно предупредить/ А.В. Покровский, В.А. Кияшко // Русский медицинский журнал. - 2003. - № 12. - С. 691.

Кулеш А.А., Дробаха В.Е., Шестаков В.В. Криптогенный инсульт. Неврология, нейропсихиатрия, психосоматика. 2019;11(4):14-21 [Kulesh AA, Drobakha VE, Shestakov VV.Cryptogenicstroke. Neurology, Neuropsychiatry, Psychosomatics. 2019;11(4):14-21 (in Russian)]. DOI:10.14412/2074-2711-2019-4-14-21

Radu RA, Terecoasă EO, Băjenaru OA, Tiu C. Etiologic classification of ischemic stroke: Where do we stand? Clin Neurol Neurosurg. 2017;159:93-106. DOI:10.1016/j.clineuro.2017.05.019

Ay H, Benner T, Arsava EM, et al. A computerized algorithm for etiologic classification of ischemic stroke: The Causative Classification of Stroke System. Stroke. 2007;38(11):2979-84. DOI:10.1161/STROKEAHA.107.490896

Hart RG, Diener HC, Coutts SB, et al.; Cryptogenic Stroke/ESUS International Working Group. Embolic strokes of undetermined source: the case for a new clinical construct. Lancet Neurol.2014;13(4):429-38. DOI:10.1016/S1474-4422(13)70310-7

Наnna J. P. Cardiac disease and embolic sources /J. P. Наnna, A. J. Furlan // Brain ischemia: Basicconcepts and clinical relevalence: еd. L. D. Caplan. —London: Springer-Verlag, 1995. — P. 299–315.

Kleindorfer D O, Towfighi A, Chaturvedi S, et al. 2021 Guideline for the Prevention of Stroke in Patients With Stroke and Transient Ischemic Attack: A Guideline From the American Heart Association/ American Stroke Association. Stroke. 2021;52(7):e364-e467. DOI:10.1161/STR.0000000000000375

КулешА.А., ДеминД.А., ВиноградовО.И. Криптогенныйинсульт. Часть 1: аорто-артериальная эмболия. Медицинский совет. 2021;(4):78-87 [Kulesh AA, Demin DA, Vinogradov OI. Cryptogenicstroke. Part 1: Aorto- embolism. Meditsinskiysovet = Medical Council. 2021;(4):78-87 (in

Russian)]. DOI:10.21518/2079-701X-2021-4-78-87

Goyal M, Singh N, Marko M, et al. Embolic Stroke of Undetermined Source and Symptomatic Nonstenotic Carotid Disease. Stroke. 2020;51(4):1321-5. DOI:10.1161/STROKEAHA.119.028853

Ay H, Benner T, Arsava EM, et al. A computerized algorithm for etiologic classification of ischemic stroke: The Causative Classification of Stroke System. Stroke. 2007;38(11):2979-84.DOI:10.1161/STROKEAHA.107.490896

Hart RG, Catanese L, Perera KS, et al. Embolic Stroke of Undetermined Source: A Systematic Review and Clinical Update. Stroke. 2017;48(4):867-72. DOI:10.1161/STROKEAHA.116.016414

Загрузки

##submissions.published##

2024-08-20