OLIM MAMAJON RAHMONOVICH RAHMONOVNING O‘ZBEK TEATR SAN’ATI TARAQQIYOTIDAGI O‘RNI

##article.authors##

  • Tangirov Nizom Abduraxmonovich
  • Kadirova Guzal Nuritdinovna

##article.subject##:

teatr san’ati, san’atshunoslik, drama, poeziya, spektakl, o‘zbek adabiyoti, o‘zbek teatri tarixi, ijodiy meros, truppa

##article.abstract##

Mazkur maqola o‘zbek teatrshunosligi fanining yirik namoyandasi, akademik Mamajon Rahmonovning milliy teatr san’ati tarixi va nazariyasini o‘rganish sohasidagi ilmiy faoliyatini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqolada Mamajon Rahmonovning o‘zbek milliy teatrining shakllanishi, taraqqiyoti va tarixiy bosqichlarini o‘rganishga qaratilgan ilmiy izlanishlari tahlil qilingan. Xususan, olimning «Hamza va o‘zbek teatri», «O‘zbek teatri tarixi», «O‘zbek teatri», shuningdek teatr tanqidchiligi, dramaturgiya va sahna san’atiga bag‘ishlangan maqola va monografiyalari asosida uning teatrshunoslik ilmi rivojiga qo‘shgan hissasi yoritilgan.

Shuningdek, maqolada, Mamajon Rahmonovning Hamza Hakimzoda Niyoziy ijodi va uning o‘zbek teatri rivojidagi o‘rnini tadqiq qilishdagi xizmatlari alohida tahlil qilingan. Olim Hamza dramaturgiyasi va teatr faoliyatini chuqur o‘rganib, uni milliy teatrning shakllanishidagi yetakchi shaxs sifatida baholagan va uning teatr tanqidchiligi sohasidagi faoliyati ham tahlil qilingan. Mamajon Rahmonovning maqolalari va ensiklopedik tadqiqotlari orqali o‘zbek teatrining ijodiy jarayonlari, sahna madaniyati, aktyorlik mahorati va milliy dramaturgiya taraqqiyoti haqida muhim ilmiy xulosalar shakllanganligi ko‘rsatib berilgan.

Библиографические ссылки

“O‘zbek opera va balet teatrining taraqqiyot yo‘llari”. “Qizil O‘zbekiston” gazetasi, 1950-yil, II.VI.

M. Rahmonov. “Teatr” O‘zbek sovet ensiklopediyasi, 1978-yil, X jild, 10-bet.

M. Rahmonov. “O‘zbek teatri” (qadimgi davrlardan XVIII asrgacha) va “O‘zbek teatri tarixi” (XVIII asrdan XX asr boshlarigacha). O‘zbekiston SSR “Fan” nashriyoti, Toshkent, 1975.

O‘zbek teatri tarixidan “Sharq yulduzi” jurnali, 1957-yil, 9-son, 48-49-betlar.

“O‘zbek sovet teatrining yaratilishi”. “Sharq yulduzi” jurnali, 1958-yil, 3-son, 48-49-betlar.

M. Razmolov “O‘lka namunali drama teatri”, O‘zbek Sovet Ensiklopediyasi, 1978-yil, XI jild, 14-bet.

M. Rahmonov. “Hamza teatri”, O‘zbek sovet ensiklopediyasi, 1979-yil, XII jild, 47-bet.

M. Rahmonov, “Teatrshunoslik”, O‘zbek sovet ensiklopediyasi, X jild, 1978-yil, 4-bet.

G‘ulom Zafariy dramaturgiyasi va uning sahna tarixi. “O‘zbekiston madaniyati” gazetasi, 1966, 23, VII.

Загрузки

##submissions.published##

2026-06-29