YOSHALARNING HARBIY-PROFESSIONAL ORIENTATSIYAGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
##article.subject##:
harbiy xizmatga munosabat, individual-psixologik impulslar, harbiy ta’lim va harbiy kadrlar, oila muhiti, mahalla maydoni, harbiy-professional orientatsiya, raqamli platformalar, ijtimoiy motivlar, harbiy jamoa, harbiy faoliyat##article.abstract##
Mazkur maqolada O‘zbekiston sharoitida yoshlarning harbiy-professional orientatsiyasini shakllantiruvchi ijtimoiy omillar kompleks sotsiologik yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda ushbu jarayon individual qaror yoki alohida omil natijasi sifatida emas, balki oila, mahalla, ta’lim tizimi, ommaviy axborot vositalari, raqamli platformalar hamda davlat xavfsizlik siyosati o‘zaro ta’siri natijasida yuzaga keladigan ko‘p qatlamli ijtimoiy mexanizm sifatida talqin etiladi. Maqolada yoshlarning harbiy kasbga yo‘nalishida madaniy, ijtimoiy va simvolik kapitalning shakllanishi, shuningdek, ularning kasbiy tanloviga ta’sir etuvchi mikro, mezo va makro darajadagi determinantlar tizimli ravishda yoritilgan. Pierre Bourdieu’ning ijtimoiy amaliyot nazariyasi va Ulrich Beckning “xavf jamiyati” konsepsiyasi metodologik asos sifatida qo‘llanilib, harbiy-professional orientatsiyaning zamonaviy transformatsion jamiyatdagi o‘rni ilmiy asosda ochib beriladi. Shuningdek, tadqiqot natijalari yoshlarning harbiy xizmatga bo‘lgan munosabati, motivatsiyasi va identifikatsiyasi shakllanishida institutsional zanjir modelining muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Harbiy kasb jamiyatda nafaqat iqtisodiy faoliyat turi, balki milliy xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy-madaniy missiya sifatida namoyon bo‘lishi asoslab beriladi.
Библиографические ссылки
https://president.uz/oz/lists/view/8851
Alimardonov Z.S. Oliy harbiy ta’lim muassalarida bo‘lajak ofitserlarning kasbiy kompetentligini takomillashtirish. – Toshkent, 2019.
Bourdieu P. The Logic of Practice. Stanford University Press, 1990. – P. 112-118.
Berger P., Luckmann T. The Social Construction of Reality: A Treatise in the Sociology of Knowledge. – New York: Anchor Books, 1966. – P. 112-118.
Giddens A. Modernity and Self-Identity: Self and Society in the Late Modern Age. – Cambridge: Polity Press, 1991. – P. 44-52.
Beck U. Risk Society: Towards a New Modernity. – London: Sage Publications, 1992. – P. 18-22.
Caforio G. Handbook of the Sociology of the Military. – New York: Springer, 2006. – P. 74-82.
Bourdieu P. The Forms of Capital, 1986. – P. 248
Normuratova M. Harbiy xizmatchilarda axborot madaniyatini shakllantirish. “Globallashuv sharoitida vatanparvarlik tarbiyasining ma’naviy-ma’rifiy texnologiyalari” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallar to‘plami.Toshkent.2019. –B.21-23.
Xursandov A., Qodirov G‘. Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar. – Toshkent: Tohtbyu, 2015. –B.47-48.
Mirjavkharova F. Transformatsion jamiyatda harbiylik kasbi: orientatsiya va deformatsiya (kasbiy buzilish) sabablari, omillari va uning namoyon bo‘lishi//Ijtimoyi tadqiqotlar jurnali. №SI-3/2024. – B. 148-155.
Kurmanov Z. Military Profession and Youth Identity Transformation in Central Asia. – Almaty, 2020. – P. 88-96.