YANGI O‘ZBEKISTONDA URBANIZATSIYA JARAYONLARIGA DOIR NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNING KONTENT TAHLILI
##article.subject##:
davlat, siyosat, qonun, Shaharsozlik kodeksi, manfaat, farmon, qaror, normativ-huquqiy hujjatlar, inson, kontent tahlil, kommunikatsiya, tizimlilik, urbanizatsiya, sotsiologiya, sotsiologik tadqiqot##article.abstract##
Maqolada muallif Yangi O‘zbekistondagi urbanizatsiya jarayonlarining jadallashuviga doir normativ-huquqiy hujjatlar kontent tahlil qilingan. Dastlab, “Kontent tahlil” tushunchasiga ta’rif berilib, uning boshqa tahlil usullaridan farqlari atroflicha yoritilgan. Normativ-huquqiy hujjatlar doirasida 2019-2025-yillarda qabul qilingan qonunlar, Prezident farmonlari va qarorlari hamda “Shaharsozlik kodeksi”ning kontent tahlili bayon qilingan. Shuningdek, urbanizatsiya siyosatidagi izchillik va tizimlilikni, hujjatlar orasidagi uzviy bog‘liqligi ochib berilgan. O‘zbekistonda urbanizatsiya jarayonlarini tartibga soluvchi hujjatlarning mazmuni va strukturasi tahlil qilingan. Shu bilan birga ularning qonuniylik, tizimlilik va amaliy samaradorlik jihatlarini baholashga qaratilgan. Shu orqali Yangi O‘zbekistonda urbanizatsiya jarayonlarining barqaror, qulay va inson manfaatlariga mos rivojlanishi ilmiy asoslari tahlili keltirilgan. Shuningdek, I.Hamedov va D.Tuxtamuratova, D.Ahmadjonovalarning qarashlarining tahlili yoritilgan.
Библиографические ссылки
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. 2000-2006-yillar. URL:https://ru. wikipedia.org/wiki
Hamedov I.A. Normativ-huquqiy hujjatlarning sifatini oshirish va kontent tahlili. Ilmiy jurnal, 2020. 12(3). – B.45-56.
Tuxtamuratova D., Ahmadjonova D. Urbanizatsiya va demografik jarayonlar: O‘zbekiston tajribasi. Toshkent, 2021: Ilmiy nashr.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” 2022-2026-yillar. – Toshkent: Prezident matbuot xizmati, 2022. – B.48.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10-yanvardagi PF-5623-son «Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi farmoni. URL: https://lex.uz/docs/-4154818
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-noyabrdagi PQ-347-son “Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori. URL:https://www.lex.uz/uz/docs/-7850383
O‘zbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonun. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi matbuot xizmati, 2019. – B.36.
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 22-fevralda qabul qilingan Shaharsozlik kodeksi. URL: https://lex.uz/docs/-5307951
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning rivojlanish strategiyasi to‘g‘risida” farmoni. URL: https://lex.uz/ru/docs/-5841063
O’sha joyda: URL: https://lex.uz/ru/docs/-5841063