PERITONEAL VA ENTERAL LAVAJ USULINI TARQALGAN YIRINGLI PERITONITDA QO’LLASHNING SAMARADORLIGINI BAHOLASH
##article.subject##:
Elektrofaol suvli eritma-A , yiringli ekssudat, o’lim ko’rsatkichi, oqimli-fraksion rejim##article.abstract##
Tarqalgan yiringli peritonit XXI – asrda ham abdominal jarrohlikning eng dolzarb va murakkab muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda. Ushbu ilmiy tadqiqotning maqsadi qorin bo‘shlig‘i (peritoneal) va ichak (enteral) sanatsiyasini takomillashtirish orqali tarqalgan yiringli peritonit bilan og‘rigan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashdan va kasallik asoratlarini kamaytirshdan iborat. Tadqiqot materiallari va usullari. Turli etiologiyali tarqalgan yiringli peritonit bilan og‘rigan 106 nafar bemorning tekshiruv va davolash natijalari tahlil qilindi. Bemorlar qo‘llanilgan davo usuliga qarab 2 guruhga bo‘lindi. I – taqqoslash guruhi an’anaviy davo usullarini olgan bemorlardan iborat bo‘ldi. Ikkinchi – asosiy guruhni esa biz ishlab chiqqan usul bo‘yicha peritoneal va enteral sanatsiya qilingan bemorlar tashkil etdi. Natijalar. O‘tkir tarqalgan yiringli peritonitni an’anaviy usulda davolashda kasallikning klinik kechishini davolashning 8–9-kunlariga kelib to‘xtatish mumkin bo‘lsa, kompleks davolashda elektrofaol suvli eritma-A (EFSE-A) yordamida peritoneal va enteral sanatsiya qo‘llanilganda peritonitning klinik kechishini davolashning 6–7-kunlarida to‘xtatishga erishildi. Shu bilan birga, qorin bo‘shlig‘ini infeksiyadan tozalash, organizmning intoksikatsiya ko‘rsatkichlarini me’yorlashtirish va ichak motorikasini tiklash vaqti o‘rtacha 2–3 kunga sezilarli darajada qisqardi. O‘rtacha yotoq-kun 3–4 kunga kamaydi. Xulosa EFSE-A eritmasi yordamida peritoneal va enteral lavajni qo‘llash orqali bemorlarda kasallik asoratlari va o’lim ko’rsatkichini kamaytirish, yotoq kunlarini qisqartirish orqali esa iqtisodiy samaradorlikka erishish tasiri baxolandi. Mazkur tatqiqotning tarqalgan yiringli peritonitni davolashning takomillashtirilgan davolash usuli deb topildi.
Библиографические ссылки
Garayev M.R., Dorofeyev V.D. Yiringli peritonitni davolashning zamonaviy usullari // Ijodiy jarrohlik va onkologiya. 2025; 15(2): 101–107.
Demko A. E., Shlyapnikov S. A., Batirshin I. M. Peritonit va abdominal sepsis: muammoning hozirgi holati // Sepsis va boshqalar. – 2020. – B. 82-85.
Zapletin M. A., Xomenko Ya. N., Penskaya A. N. Peritonit: patogenez, klinik ko‘rinishlar va davolashga zamonaviy yondashuvlar // Biologiya va integrativ tibbiyot. – 2025. – J. 1. – B. 235-253.
Ivanov F. V. va boshq. Tarqalgan peritonitda “talab bo‘yicha”relaparotomiyaning samaradorligi // Xalqaro ilmiy tadqiqotlar jurnali. – 2023. – № 12 (138). – B. 193.
Karsanov A. M., Maskin S. S., Derbentseva T. V. Tarqalgan yiringli peritonit: bemorlar ahvolining og‘irligini baholash va jarrohlik taktikasini tanlashning dolzarb masalalari // Zamonaviy fan: nazariya va amaliyotning dolzarb muammolari. Seriya: Tabiiy va texnika fanlari. – 2020. – J. 8. – B. 173-178.
Levchuk A. L. va boshq. Abdominal jarrohlik patologiyasida qorin ichi gipertenziyasini o‘lchash usullari // N. I. Pirogov nomidagi Milliy tibbiy-jarrohlik markazi axborotnomasi. – 2025. – J. 20. – №. 3. – B. 111-119.
Malkov I. S. va boshq. Tarqalgan peritonit: jarrohlik yo‘li bilan davolash usullarining evolyutsiyasi // Amaliy tibbiyot. – 2017. – №. 6 (107). – B. 46-49.
Polinskiy A. A. va boshq. Peritonitning turli shakllarini jarrohlik yo‘li bilan davolash xususiyatlari // Tibbiyotning dolzarb muammolari. – 2021. – B. 704-705.
Fomin A. V., Zeldin E. Ya., Kovaleva L. A. Tarqalgan peritonitni jarrohlik yo‘li bilan davolash // Fundamental, klinik tibbiyot va farmatsiya yutuqlari. – 2017. – B. 66-67.
Chang MS, Chen NC, Hsu CY, Huang CW, Lee PT, Chou KJ, Fang HC, Chen CL. Peritoneal dializ to‘xtatilgandan so‘ng massiv assit to‘planishining klinik xavf omillari va oqibatlari. Ren Fail. 2020 Noyabr; 42(1): 1-9.