QOʻQON XONLIGIDA 1853-YIDAN KEYINGI SIYOSIY HARAKATLAR VA MALLAXONNING HOKIMIYATGA KELISHI
##article.subject##:
Mirzo Аxmad qoʻshbegi, Xudoyorxon, Mallaxon, Oqmasjid, qo’zg’olon,soliqlar, qipchiqlar, siyosiy parokandalik##article.abstract##
Ushbu maqolada Qoʻqon xonligida 1853-yildan keying siyosiy voqealar, qipchoqlarning siyosiy maydondagi harakati, Rossiya imperiyasining O’rta Osiyoga kirib kelishi hamda Mallaxonning xonlik taxtiga chiqishi hamda uning o'ldiril’shi manbalar asosida tahlil qilingan. Shuningdek, Xudoyorxon hukmronligining inqiroziy jihatlari, saroydagi ziddiyatlar, qipchoq va boshqa zodagon guruhlar o‘rtasidagi mojaro hamda bu omillarning xonlikdagi siyosiy beqarorlikni kuchaytirishi yoritiladi. Shuningdek, 1853-yildan boshlab kuchaygan ichki fitnalar, hududiy boshqaruvdagi zaiflik, soliqlar siyosatidagi adolatsizlik va xalq noroziligi Mallaxon shaxsining siyosiy maydonga chiqishi uchun qanday sharoit yaratgani ko‘rsatiladi. Mavzuda Mallaxonning nasab-mansabi, uning Xudoyorxon bilan qarindoshlik aloqalari, taxt uchun kurash jarayonida qo‘llagan harbiy-siyosiy strategiyasi hamda qo‘shin ichida va qipchoq zodagonlari orasida tayanch bazasini mustahkamlash usullari alohida o‘rganiladi. Tadqiqotda 1858-yilda Xudoyorxonga qarshi harbiy yurish, Qo‘qon taxtining egallanishi, Mallaxonning xon deb e’lon qilinishi va uning qisqa, ammo keskin siyosiy islohotlarga urinishlari, jumladan qipchoqlar mavqeini tiklash, harbiy intizomni kuchaytirish, soliq siyosatini qayta ko‘rib chiqish kabi choralari tahliliy tarzda yoritiladi. Shu bilan birga, Mallaxon hukmronligi davrida Rossiya imperiyasi bilan munosabatlar, chegaraviy hududlardagi harbiy to‘qnashuvlar, xonlikning tashqi siyosatida yuzaga kelgan tanglik va bu omillarning ichki siyosiy muxolifat kuchayishiga ta’siri ko‘rsatib beriladi. Mallaxonning siyosiy raqiblari bilan kurashda qo‘llagan jazolash choralarining kuchayishi, og‘ir majburiyat va soliqlarning joriy etilishi hamda natijada saroy va lashkar elitalari ichida unga qarshi fitnalar yetilishi, xonning ag‘darilishi va o‘ldirilishi jarayonlari xronologik asosda yoritiladi. Ish yakunida Mallaxon davrining Qo‘qon xonligi siyosiy tarixidagi o‘rni, uning hokimiyatga kelishi va qulashining xonlik inqirozi hamda mustaqilligini yo‘qotishi jarayonlaridagi o‘rni ilmiy xulosalar asosida baholanadi.
Библиографические ссылки
Kuzikulov I. U. Qo’qon xonligi tarixi (o’quv-uslubiy qo’llanma). – Namangan, 2014. – B. 20.
Ибрат. Фаргона тарихи. Т.:Камалак, 1991 йил. Б-283. Muxammad Yunus Toib.Tarixi Аlikuli Аmirlashkar. -B.14-18.
Nabiev R.N. Iz istorii Kokandskogo xanstva. -S.51.
Kuzikulov I. U. Qo’qon xonligi tarixi (o’quv-uslubiy qo’llanma). – Namangan, 2014. – B. 68.
Muxammad Yunus Toib.Tarixi Аlikuli Аmirlashkar. -B.14-18.
Аbu Ubaydullo Toshkandiy. Xulosatul -axzol. -B.261a-261b.
Kumush tanga
Mis chaqa
Muxammad Solix Toshkandiy. Tarixi jadidi Toshkand. B.202.
Sobolev L. Kratkiy obzor polojeniya del v Kokande. Turkestanskiy sbornik, T. 152.
Nabiev R.N. Iz istorii Kokandskogo xanstva. -S.52; Tarixi jaxonnamoyi. B.2426.
P.P.Ivanov. Ocherki po istorii Sredney Аzii.. (XU1-seredina X1Xv.). -M., 1958. -S.212; “Tarixi jaxonnamoyi”.-b-242-243a; “Аnsob us-salotin va tavorix ul-xavokin”. -B.49.
Tarixi Аlikuli Аmirlashkar. -B. 17; Muxammad Yunus Toib. Tarixi Аliqli Аmirlashkar. Sharq yulduzi, 1996. №1-2. -B.214-217.
Nabiev R.N. Iz istorii Kokandskogo xanstva. -S.55.
Аnsob us - salotin va tavorix ul-xavokin. -B.61-62; Nabiev R.N. Iz istorii Kokandskogo xanstva.-S.55.
Xudoyorxon va Mallaxon o’rtasidagi kurash joyini Muxammad Yunus Toib (Tarixi Аlikuli Аmirlashkar. -B.18), Mirzo Olim Mushrif (Аnsob us - salotin va tavorix ul - xavoqin. -B.60),L.Sobolev (Kratkiy obzor polojeniya del v Kokande. Turkestanskiy sbornik. T.152)lar Samonchi mavzesi deb ko’rsatsalar, R.Nabiev Rishton (Iz storii Kokandskogo xanstva. -S.55)da, V.Nalivkin esa (Kratkaya istoriya Kokandskogo xanstva. Kazan, -1886. -S 188) Kashg’ar kishlog’ida deb ko’rsatadilar. To’qnashuv aslida Samonchi mavzesida bo’lib o’tgan.
Мирзоолим Мушриф, Ансоб ус-салотин ва таворих ул-хавокин. Т.: F. Рулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти. 1995. -B.61-62; Iz istorii Kokanskogo xanstva. -S.56; Turkistonda Rossiya tajovuzi va xukmronligiga karshi kurash. -B.111; Tarixi Аlikuli Аmirlashkar. -B. 19-21.