INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA KOGNITIV TERMINOLOGIYANING SHAKLLANISH TAMOYILLARI (TIBBIY TERMINLAR MISOLIDA)
##article.subject##:
kognitiv terminologiya, tibbiy terminologiya, termin yasalishi, metafora, kategoriyalashtirish, ingliz tili, o‘zbek tili, qiyosiy tilshunoslik##article.abstract##
Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillarida tibbiy terminologiyaning shakllanish tamoyillari kognitiv tilshunoslik nuqtai nazaridan qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi tibbiy terminlarning nomlanishi asosida yotgan kognitiv jarayonlarni, jumladan kategoriyalashtirish, metafora, metonimiya va freym asosidagi bilim tuzilmalarini aniqlash hamda ularning ikki til materialida namoyon bo‘lish xususiyatlarini o‘rganishdan iborat. Maqolada tibbiy terminlarning yunon-lotin negizli affiksatsiya usuli, kalka, o‘zlashtirish va metaforik nomlanish kabi yasalish usullari tahlil qilinib, ularning o‘xshash va farqli jihatlari yoritiladi. Tadqiqotda qiyosiy-tipologik, kontent va komponent tahlil metodlaridan foydalanildi. Natijalar ingliz tilida tibbiy terminlarning asosan yunon-lotin negizlari asosida shakllanishini, o‘zbek tilida esa ular ko‘proq o‘zlashtirish, kalka va milliy til vositalari orqali moslashtirilishini ko‘rsatdi. Shuningdek, har ikki tilda inson tanasi, kasallik va davolash jarayonlariga oid kognitiv metaforalar muhim o‘rin egallashi aniqlandi.
Библиографические ссылки
Dadaboyev H. Oʻzbek terminologiyasi. – Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi, 2020.
Faber P. (Ed.). A Cognitive Linguistics View of Terminology and Specialized Language. – Berlin; Boston: De Gruyter Mouton, 2012.
Herrero-Zorita C., Molina C., Moreno-Sandoval A. Medical term formation in English and Japanese: A study of the suffixes gram, graph, and -graphy // Review of Cognitive Linguistics. – 2015. – Vol. 13, № 1. – P. 81–105.
Murtazayeva X. Tibbiy terminologiyaning yasalish xususiyatlari // Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb muammolari. – 2024. – № 4 (S/4).
Ochilova M. R. Design Principles for an Online English–Uzbek Dictionary of Music and Dance Terms: Doctoral dissertation. – Bukhara: Bukhara State University, 2025.
Rosch E. Principles of Categorization // Cognition and Categorization / Ed. by E. Rosch, B. B. Lloyd. – Hillsdale, NJ: Lawrence Erlbaum Associates, 1978. – P. 27–48.
Temmerman R. Towards New Ways of Terminology Description: The Sociocognitive Approach. – Amsterdam; Philadelphia: John Benjamins Publishing Company, 2000.
Willis M. C. Medical Terminology: The Language of Health Care. – Philadelphia: Lippincott Williams & Wilkins, 2006.