XORAZM TAXYASINING QADIMGI DAVRLARDAN BUGUNGI KUNGACHA BO‘LGAN TARIXIY-ETNOLOGIK TARAQQIYOTI
##article.subject##:
Xorazm, taxya, taqiya, tahya, do‘ppi, bosh kiyim, milliy kiyim, Xiva xonligi, etnologiya, hunarmandchilik, moddiy madaniyat, madaniy meros##article.abstract##
Mazkur maqolada Xorazm vohasining an’anaviy bosh kiyimlaridan biri bo‘lgan taxyaning tarixiy-etnologik taraqqiyoti qadimgi davrlardan XXI asrga qadar izchil xronologik ketma-ketlikda tadqiq etiladi. Tadqiqotda arxeologik, tarixiy, etnografik va lingvistik manbalar o‘zaro qiyosiy tahlil qilinib, Xorazm hududida bosh kiyim madaniyatining qadimgi ildizlari, uning ilk o‘rta asrlardagi rivojlanishi, islomiy va turkiy madaniyatlar ta’siri, Xiva xonligi davrida takomillashuvi hamda XIX–XX asrlardagi etnografik shakllari yoritiladi. Xususan, qadimgi Xorazm yodgorliklari va tangalaridagi bosh kiyim tasvirlari taxyaning tarixiy ildizlarini o‘rganish uchun muhim manba sifatida tahlil qilinadi. XX asrdagi modernizatsiya jarayonlari natijasida uning kundalik hayotdagi funksiyasi o‘zgargan bo‘lsa-da, mustaqillik davrida taxya milliy o‘zlik va madaniy merosning muhim belgilaridan biriga aylangani asoslanadi. Tadqiqot natijasida taxya Xorazm xalqining tarixiy xotirasi, estetik qarashlari, hunarmandchilik an’analari va etnomadaniy o‘zligini ifodalovchi moddiy madaniyat namunasi ekanligi xulosalanadi.
Библиографические ссылки
NURULLAYEVA SH. Xorazm an’anaviy kiyimlari. – Toshkent: Yangi nashr, 2013. – 156 b.
NURULLAYEVA SH. Xorazm vohasi o‘zbeklari an’anaviy kiyimlari (XIX asr oxiri va XX asrning birinchi yarmi): tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. – Toshkent, 2002. – 203 b.
DONIYOROV A.X. Markaziy Osiyo xalqlari etnologiyasi. – Toshkent. – B. 83–84.
TOLSTOV S.P. Qadimgi Xorazm. – Moskva: Nauka, 1948.
SAPAEVA G. Ellikqal’a va Beruniy. – B. 57.
XUDAYBERGANOVA D. Dostonlar tilidagi nofaol qatlamga oid leksik birliklarning lisoniy tahlili. – Toshkent: Firdavs-Shoh, 2023. – B. 69–70.
JABBOROV I. O‘zbeklar: etnomadaniy an’analar, turmush va hayot tarzi. – Toshkent.
MAHMUD KOSHG‘ARIY. Devonu lug‘otit turk. – Toshkent: Fan.
AL-MAQDISIY. Ahsan at-taqosim fi ma’rifat al-aqolim.
G‘ULOMOV YA.G‘. Xorazmning sug‘orilish tarixi. – Toshkent: O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasi, 1959.