FAXRIYOR SHE’RIYATIDA FOLKLORIZMLARNING IFODALANISH XUSUSIYATLARI
##article.subject##:
Faxriyor Nizomiddinov, folklor, xalq og‘zaki ijodi, mifologik obraz, zamonaviy she’riyat, samandar, parvona, devona, xalqona ohang, estetika, timsol, ramz, milliy ruh.##article.abstract##
Mazkur maqolada o‘zbek zamonaviy she’riyatining yorqin namoyandalaridan biri Faxriyor Nizomiddinov ijodida xalq og‘zaki ijodi – folklor elementlarining badiiy talqini tahlil qilinadi. Shoirning poetik olamida folklor nafaqat estetik-bezakbop vosita, balki g‘oya va mazmunni shakllantiruvchi asosiy badiiy vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Faxriyor she’rlarida xalqona ohang, mifologik obrazlar, maqol va matallar, afsona va xalqona qo‘shiq parchalariga xos unsurlar muhim o‘rin egallaydi. Shoir folklor obrazlarini zamonaviy his-tuyg‘ular bilan uyg‘unlashtirib, xalq ruhiyatiga xos badiiy timsollar orqali o‘z poetik dunyoqarashini ifoda etadi. Ushbu maqolada Faxriyor ijodidagi folklor motivlarining badiiy funksiyasi, ularning poetik mazmundagi tutgan o‘rni va estetik ifodasi tahlil etiladi.