ALISHER NAVOIY ASARLARI QORAQALPOQ TILIDA

##article.authors##

  • M. Ataniyazova

##article.subject##:

Navoiy lirik asarlari tarjimasi, qoraqalpoq adabiy jarayonida Navoiy asarlari, “Sab’ai sayyor” – “Jeti iqlim”, qiyosiy tahlil, adabiy aloqalar, Navoiy asarlarining ommalashishi.

##article.abstract##

Alisher Navoiy “Xamsa”ning toʻrtinchi dostoni “Sab’ayi sayyor”dir. Alisher Navoiyning boshqa tillarga tarjima qilingan dastlabki badiiy asari ham “Sab’ai sayyor” hisoblanadi. Xristofor Armaniyning 1557-yilda italyan tilida nashr etilgan “Sarandib shohi uch o‘g‘lonining ziyorati” asarida Alisher Navoiyning “Sab’ai sayyor” dostonidagi qoliplovchi hikoyasi – “Bahrom va Dilorom” hikoya qilinadi. Bu asar nemis, fransuz va golland tillariga tarjima qilinib, 11 marta nashr etilgan. Shuningdek, XVII asr gruzin shoiri Sitsishvili Alisher Navoiyning “Sab’ai sayyor” dostonini erkin tarjima qilib, “Yetti go‘zal” dostonini yaratdi. Ushbu maqolada, aynan, Navoiy asarlarining tarjima an’analari qoraqalpoq adabiy jarayonidagi koʻrinishi bayon qilinadi. “Sab’ai sayyor”ning Maden Matnazarov tomonidan “Jeti iqlim” nomi bilan tarjima qilinishi, tarjimaning oʻziga xos tomonlari qiyosiy tahlil qilingan. Navoiy “Xamsa”sidagi boshqa dostonlar – “Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Saddi Iskandariy” dostonlaridan ham ayrim boblar kichik hajmda qoraqalpoq tiliga oʻgirilgan. “Sab’ai sayyor”ning tarjimasi, ya’ni “Jeti iqlim” hajm jihatdan nisbatan katta boʻlganligi uchun tanlandi.

Загрузки

##submissions.published##

2025-09-16