O‘ZBEK ADABIY TILI GRAMMATIK QURILISHINING TAYANCH UNSURI

##article.authors##

  • F. Safarov

##article.abstract##

ANNOTATSIYA

            Maqolada o‘zbek adabiy tili grammatik qurilishining tayanch unsuri haqida so‘z boradi. Grammatik qurilishning tayanch unsuri sifatida grammatik kategoriya, grammatik-leksik va funksional-semantik maydon­ning xususiyati bayon qilinadi. Grammatik kategoriya a’zosi soni, a’zo­lari­ning o‘zaro mazmun munosabati, vositalari til­ning qaysi bo‘limiga mansub­ligi, tuzilishining milliy o‘ziga xosligi, til­ning morfologik tuzi­lishi bilan bog‘liqligi, grammatik-leksik va funksional-semantik maydon­ning tuzilishi, vositalariga doir fikrlar tahlil qilinadi. 80-yillarda  tilshunoslikda  grammatik kategoriya a’zolari orasida faqat oppozitsiya emas, nooppo­zitiv farqlanish ham mavjudligi e’tirof etilganligi aytiladi. Grammatik kate­goriya tuzilishi, aniqrog‘i shakllarining o‘zaro mazmuniy aloqa-munosabati tilning morfo­logik turiga bog‘liq  deyi­li­shi­dan agglu­ti­nativ tillarga  nisbatan  gram­ma­­­­­­tik kategoriyaga beriladi­gan ta’­rif flek­tiv tillarning xususiyatini aks ettiruvchi ta’rifdan farq qilishi lozim­ligi asoslab beriladi.

            Kalit so‘zlar: grammatik qurilishning tayanch unsuri, grammatik kategoriya, grammatik shakl, umumiy grammatik ma’no, oppozitsiya, nooppozitiv farq­lanish, umumiy grammatik ma’noning ko‘rinishlari, grammatik-leksik may­don, funksional-semantik maydon, maydon yadrosi, maydon chekka qismi.

Загрузки

##submissions.published##

2023-04-19