TILSHUNOSLIKDA LINGVOFOLKORISTIK TADQIQOTLARNING YUZAGA KELISHI VA TARIXIY TARAQQIYOTI

##article.authors##

  • N. Abdumannatova

##article.abstract##

ANNATATSIYA

Ushbu maqolada lingofolkloristika tilshunoslikning yangi yo‘nalishi ekanligi, uning jahon tilshunosligida tutgan o‘rni, bu atamaning fanga kirib kelishi, ushbu soha bo‘yicha tadqiqot olib borgan olimlarning fikrlari haqida mulohazalar yuritilgan. Xususan, bu atama A.T.Xrolenko nomi bilan bog‘liq bo‘lib, dastlabki lingvofolkloristik kuzatishlar rus, ingliz tilshunosligida paydo bo‘lganligi to‘g‘risidagi fikrlar aks etgan. Lingvofolkloristikaning bir qator yondosh fanlar: lingvokulturologiya, dialektologiya, matn tilshunosligi, xalq og‘zaki ijodi kabilar bilan aloqasi o‘rganilgan. Maqola mazmuni orqali folklor asarlari matnining til xususiyatlarini o‘rganish lingvofolkloristikaning obyekti ekanligi, o‘zbek tilshunosligida ham bu kabi tadqiqotlar sinkretik tarzda amalga oshirilganligi oydinlashadi. Shuningdek, maqolada lingvopoetika va lingvofolkloristikaning farqi haqida to‘xtalib, lingvopoetika umumiy mohiyat kasb etishi, Ya’ni har qanday janrda yaratilgan asarning lingvistik xususiyatlarini tahlil qilish, alohida belgilarini aniqlashtirish, va tizimlashtirish lingvopoetikaning vazifalari ekanligi, lingvofolkloristika esa nisbatan xususiy termin bo‘lib, bunda aynan folklor asarlar tadqiq obyekti sifatida o‘rtaga chiqishi lozimligi ta’kidlanadi, shu bilan birgalikda xalq og‘zaki ijodi matnining lingvistik xususiyatlarini o‘rganishda lingvofolkloristik tahlil tamoyillari ishlab chilishi kerakli taklif qilinadi.

Kalit so‘zlar: Lingvofolkloristika, A. T. Xrolenko, E.B. Artemenko, folklor asarlarining tili va uslubi, aka-uka Grimm ertaklari, dialektologiya, etnolingvistika, lingvopoetika.

Загрузки

##submissions.published##

2023-08-03