FE’L ASOSLI GAPLARNING LOKALIS VALENTLIGI
##article.abstract##
ANNOTATSIYA
O‘zbek tilidagi fe’llar – holat fe’llari lokalis valentligiga egaligi bilan ham o‘ziga xosdir. Chunki holat fe’llarining lokalis aktanti, asosan, agens holati bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. Aniqrog‘i, lokalis valentligini ifodalovchi so‘zda o‘rin obyekti kuzatilishiga ko‘ra u agens holati yuz bergan sathni (joyni) anglatadi. Aytilganlarga ko‘ra lokalik aktanti (valentligi) mustaqil sanaladi, alohida ahamiyatli bo‘ladi. Shuningdek, lokalis valentligini ifodalovchi so‘z gapda, asosan, lokativda (o‘rin kelishigida) hamda ko‘makchili shakllarda kelishi bilan ham ajralib turadi.
Holat fe’llarining lokalisi, asosan, ot turkumi orqali namoyon bo‘ladi. Lokalis valentligi o‘zbek tilidagi “davomli”, “harakat natijasi”, “ijro”, “obrazli”, “fiziologik” va “psixik” integral semali holat fe’llarida voqealanadi.
Kalit so‘zlar: lokalis valentligi, lokalis aktanti, lokativ, ot ko‘makchilar, sath.