“DEVONU LUGʻATI-T-TURK” ASARIDA IFODALANILGAN “INSON” KONSEPTINING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI
##article.abstract##
ANNOTATSIYA
Tilshunoslik dunyoning eng qadimiy fanlaridan biri sanaladi. Turkiy xalqlar dunyo tamadduniga Mahmud Koshgʻariydek buyuk tilshunos, lingvoqomusiy olimni yetishtirib berganligi bilan oʻziga xos ahamiyat kasb etadi. Olim “Devonu lug‘ati-t-turk” kabi ensiklopedik asarni yozish bilan birga, jahon tilshunosligida, deyarli, 900 yildan buyon amalda boʻlgan tarixiy-qiyosiy paradigma, tilni tadqiq qilish metodologiyasiga asos solgan. Shu paytga qadar Koshgʻariy lugʻati boʻyicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar, deyarli, barchasi buyuk ajdodimiz kashf etgan metodlar asosida olib borilgan hamda hozir ham davom etmoqda. Ushbu kichik tadqiqotimizda “Devonu lug‘ati-t-turk” asarida ifodalangan inson va uning sifatlarini bildildiruvchi leksik birliklarni yangi antroposentrik metodlar asosida tahlil qilishga harakat qilamiz. Bunda keyingi yillarda rivojlanib borayotgan lingvistik konseptlar, jumladan, “Devonu lug‘ati-t-turk” asari kabi tarixiy ma’nolarni tashiydigan lingvomadaniy konsept, ya’ni lingvokulturemalarning semantik xususiyatlarini “inson” tushunchasi doirasida tahlil qilamiz.
Kalit soʻzlar: paradigma, til, tilshunoslik, antroposentrik tilshunoslik, Koshgʻariy, “Devonu lug‘ati-t-turk”, inson, er, kishi, konsept.