XOTIN-QIZLAR ISMLARI VA NODIR METALL NOMLARI
##article.abstract##
ANNOTATSIYA
O‘zbek xotin-qizlari ismlari − o‘zbek tili onomastik boyligining, xususan, o‘zbek tili antroponimiyasining bir qismidir. Xotin-qizlar ismlarining yaratilishida milliy, sharqona madaniyat va ma’naviyat mezonlari, o‘zbek xalqining ism qo‘yish urf-odatlari va an’analari muhim ahamiyat kasb etadi va shu asosda tanlanadi. Xotin-qizlar antroponimiyasi lingvistik hodisa sifatida tilning qonun-qoidalari va yasalish qonuniyatlariga bo‘ysunadi. Xotin-qizlar ismlarining tanlashida ism uchun asos bo‘lgan so‘zlarning o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olinadi.Mazkur maqolada o‘zbek tilida keng iste’molda bo‘lgan nodir metallar oltin, tilla, zar, olmos, kumush, yoqut, zar, nuqra, marvarid, marjon, gavhar, zumrad kabi so‘zlarning o‘zbek xotin-qizlari ismlarida aks etishi, bunday ismlardagi nodir metallarni anglatuvchi so‘zlarning lug‘aviy ma’nolari, o‘z va o‘zlashma qatlamlari, tanlanish tamoyillari, lisoniy va nolisoniy omillari misollar asosida yoritilgan.
Kalit so‘zlar: metall, nodir metall, xotin, qiz, nom, ism, qizlar ismi, yoqut, zar, nuqra, marvarid, marjon, gavhar, oltin, kumush.