VERBAL MULOQOTNING XUSUSIYATLARI

##article.authors##

  • N. Abriyeva

##article.abstract##

ANNOTASIYA

Mazkur maqolada verbal muloqotning xususiyatlari, nutq vazifalari va vositalari haqida fikr yuritilgan. Muloqot inson ijtimoiy faoliyatining asosiy shakllaridan biri hisoblanadi. Ushbu atama so‘zning keng ma’nosida har qanday o‘zaro ta’sirni anglatadi, tor ma’noda esa, bu atama aloqa ishtirokchilari bo‘lgan shaxslar o‘rtasida xabarlarni ongli va maqsadli uzatishni anglatadi. Verbal muloqot qadimdan xabarni yetkazishning asosiy usuli bo‘lgan va uning asosiy vositasi nutq hisoblangan. Nutqni mukammal egallash ko‘plab professional yo‘nalishlar muvaffaqiyatining muhim tarkibiy qismi bo‘lgan va bo‘lib keliyapti. Nutq nafaqat uzatiladigan ma’lumotlar to‘plamidir, balki u ma’lum bir hodisaga yoki suhbatdoshga bo‘lgan munosabatimizni ham ko‘rsatishi mumkin. Qadimgi davrlarda ritorika va muloqot usullarini o‘rgatish majburiy bo‘lib qoldi. O‘shandan beri verbal muloqot insoniyat jamiyatining asosiy elementi bo‘lib kelgan.

Kalit so‘zlar: verbal muloqot, til, nutq, vazifa, vosita, dialog, monolog, ma’lumot, tushuncha, o‘zaro ta’sir.

Загрузки

##submissions.published##

2023-11-15