“SINDIRILGAN OYNALAR NAZARIYASI”NING JINOYAT-HUQUQIY VA KRIMINOLOGIK MEZONDAGI TALQINI: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA QO‘LLASH ISTIQBOLLARI

##article.authors##

  • Fazilov Farxod Maratovich,

##article.subject##:

kriminologiya, jinoyat huquqi, sindirilgan oynalar nazariyasi, jinoyatchilikning oldini olish, ijtimoiy tartib, huquq tartiboti, obodonlashtirish, ko‘cha jinoyatchiligi, huquqbuzarliklar, shahar muhiti.

##article.abstract##

Ushbu maqolada jinoyatchilikning oldini olishda asosiy vosita sifatida “sindirilgan oynalar
nazariyasi” tahlil qilinadi. Uilson va Kelling tomonidan ilgari surilgan ushbu kontseptsiya kichik
huquqbuzarliklar va ijtimoiy degradatsiya belgilariga e’tiborsizlik jiddiyroq jinoyatlarning o‘sishiga
olib kelishi mumkinligi faraziga asoslangan. Tadqiqot doirasida ushbu nazariyaning xalqaro
amaliyotda qo‘llanilishi misollari ko‘rib chiqilib, uning O‘zbekiston sharoitida tatbiq etilishi huquqni
muhofaza qilish organlari ma’lumotlari asosida baholanadi. Ayniqsa, so‘nggi jinoyatchilikka oid
islohotlarga, jumladan, 2024-yilda tashkil etilgan Kriminologiya markazi to‘g‘risidagi O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 35-sonli Farmoniga alohida e’tibor qaratiladi. O‘zbekiston Respublikasi
Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuraturasi rasmiy statistikasi tahlili shuni ko‘rsatadiki, shahar muhiti
obodonlashtirilishi, jamoat tartibining nazorat qilinishi hamda mayda huquqbuzarliklarning oldini
olish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar jinoyatchilik darajasining pasayishiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatmoqda. Olingan natijalar shuni tasdiqlaydiki, jinoyatchilikning oldini olish strategiyasi
ijtimoiy tartibni saqlash va ijtimoiy degradatsiya omillarini bartaraf etish orqali samarali bo‘lishi
mumkin. Bu esa boshqa mamlakatlar tajribasida ham o‘z isbotini topgan

Библиографические ссылки

Wilson, J. Q., & Kelling, G. L. (1982). Broken Windows. The Atlantic Monthly, 249(3), 29-38.

Bratton, W., & Kelling, G. (1998). Fixing Broken Windows: Restoring Order and Reducing

Crime in Our Communities. Simon and Schuster.

Braga, A. A., Welsh, B. C., & Schnell, C. (2015). Can policing disorder reduce crime? A

systematic review and meta-analysis. Journal of Research in Crime and Delinquency, 52(4), 567-588.

Sampson, R. J., & Raudenbush, S. W. (1999). Systematic Social Observation of Public Spaces:

A New Look at Disorder in Urban Neighborhoods. American Journal of Sociology, 105(3), 603-651.

https://www.gazeta.uz/ru/2025/03/03/crime-stats-uzbekistan-2024/

https://iibb.uz/public/uz/news/%C2%ABhavfsiz-va-solom-pojtah

https://www.gazeta.uz/ru/2025/03/03/crime-stats-uzbekistan-2024/

https://24.kg/obschestvo/210833_prestupnost_rastet_vnbspmvd_raskritikovali_ideyu_obnbspot

klyuchenii_ulichnogo_osvescheniya/

https://upl.uz/obshestvo/43974-news.html

https://gov.uz/ru/iiv/news/view/35328

Загрузки

##submissions.published##

2025-07-16