JINOYATLARNI KVALIFIKATSIYA QILISH ALGORITMI: NAZARIY VA AMALIY JIHATLARI

##article.authors##

  • Xudaykulov Feruzbek Xurramovich

##article.subject##:

jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish, algoritm, jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish bosqichlari, jinoyat tarkibi, jinoyat obyektiv tomoni, obyekt, subyektiv tomon, subyekt, jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishda xato

##article.abstract##

Mazkur maqolada tadqiq etishning mantiqiylik, induksiya, deduksiya, tizimlilik, mantiqiy-yuridik, qiyosiy-huquqiy metodlaridan keng foydalanilgan. Jumladan, birinchi navbatda jinoyatlarni kvalifikatsiyalash algoritmiga to‘xtalishdan oldin, jinoyatni kvalifikatsiya qilish tushunchasi va uning o‘ziga xos xususiyatlariga bayon qilingan. Shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun quyidagi modiy va formal(yuridik) asoslar bo‘lishi lozimligi bayon qilingan: sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish jinoyat qonunchiligida jinoyat deb ko‘rsatilgan va taqiqlangan bo‘lishi; jinoyat qonunchiligida jinoyat deb ko‘rsatilgan va taqiqlangan ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etishda shaxsning aybli (qasd yoki ehtiyotsizlikdan sodir etganligi) bo‘lishi; jinoyat JK Maxsus qismi muayyan normasida ana shunday qilmish uchun jazo yoki boshqacha ta’sir chorasining belgilanganligi. Mazkur maqolada jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishda jinoyat-huquqiy normalarni qo‘llash haqida qaror qabul qilish mohiyatiga ko‘ra ikki qism: jinoyatning mavjudligini haqida qaror qabul qilish; jinoyatning mavjud emasligi haqidagi qaror qabul qilishdan iborat ekanligi aytilgan. Shuningdek, jinoyat huquqi va qonuni normalarini qo‘llash bosqichlari sifatida quyidagilarni haqiqiy faktik holatlarni aniqlash va tekshirish, jinoyat-huquqiy normani belgilash va ishning mohiyati bo‘yicha qaror qabul qilishga ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiqligi bayon qilingan. Ushbu maqolada jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishda yo‘l qo‘yilgan xatoliklar asosan jinoyat huquqi va qonuni normalarini qo‘llash noto‘g‘ri qo‘llanishi bilan bog‘liqligi, bu esa o‘z navbatida moddiy huquq (jinoyat-huquqiy) normalarni noto‘g‘ri qo‘llashiga va jinoyat protsessual huquqi normalarini buzilishiga olib kelishi, shuningdek, bunday qonun buzulishlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun jazoga sazovor muayyan jinoiy qilmishni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish bilan bog‘liq qoidalarni bilish JKning qonuniylik, odillik, ayb uchun javobgarlik va javobgarlikning muqarrarligi kabi prinsiplarini amalda to‘g‘ri qo‘llanishiga olib kelishi aytilgan. Shu bilan birga, jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishda ba’zi tipik xatolarga sud-tergov amaliyotidan amaliy misollar keltirilgan va bu xatolarni to‘g‘rishlashda jinoyat huquqi nazariyasi va jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishning nazariy asoslarida mavjud qoidalar asosida muallif tomonidan jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish algoritmi(ketma-ketligi)da kerak bo‘ladigan formulalar ishlab chiqilgan. Mazkur maqolada jinoyat huquqi doktrinasi, jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishning nazariy asoslari va sud-tergov amaliyotida shakllangan metodikasini o‘rganish natijasi jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish vakolatiga ega subyektlar uchun qulay bo‘lishi maqsadida mualliflik jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish algoritmini shakllantirilgan. Xususan, jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish algoritmi 4 bosqichdan iborat ekanligi bayon qilingan. Shuningdek, jinoyat huquqi doktrinasi va jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishning nazariy asoslari bo‘yicha jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish algoritmi(ketma-ketligi)da jinoyat-huquqiy norma bo‘yicha kvalifikatsiya qilish vazifasini bosqicha-bosqich hal etish uchun mualllif tomonidan asoslangan tavsiyalarni ilgari surilgan.

Библиографические ссылки

Ситдикова Г.З. Аналитическая логистика и алгоритм квалификaции преступления // Правовое государство: теория и практика. 2021. №3 (65). – C 158-161., Сабитов Р.А. Теория и практика уголовно-правовой квалификaции: науч.-практич. пособие. – М.: Юрлитинформ, 2013. – С. 8. (Sitdikova G.Z. Analytical logistics and algorithm for qualifying a crime // The rule of law: theory and practice. 2021. No. 3 (65). - P. 158-161., Sabitov R.A. Theory and practice of criminal-law qualification: scientific and practical manual. - M .: Yurlitinform, 2013 .-- P. 8.)

Мисриханова А.А., Магомедова А.М. Квалификaция преступлений и ее значение // Закон и право. 2024. №1. – С. 227-230., Кудрявцев В.Н. Общая теория квалификaции преступлений. - М.: Изд-во юридической литературы, 2001, - С. 60., Семернёва Н.К. Квалификaция преступлений (части Общая и Особенная): научно-практическое пособие. – «Проспект»; «Уральская государственная юридическая академия», 2010 г. – С. 7. (Misrikhanova A.A., Magomedova A.M. Qualification of crimes and its significance // Law and Right. 2024. No. 1. - P. 227-230., Kudryavtsev V.N. General theory of qualification of crimes. - M.: Publishing house of legal literature, 2001, - P. 60., Semerneva N.K. Qualification of crimes (General and Special parts): scientific and practical manual. - "Prospect"; "Ural State Law Academy", 2010. - P. 7.)

Нешатаев В.Н, Максимов А.С. Развитие учения о квалификaции преступлений // Государственная служба и кадры. 2021. №3. – С. 103-104., Кузнецова Н.Ф Проблемы квалификaции преступлений: Лекции по спецкурсу «Основы квалификaции преступлений» / Науч. ред. и педисл. академика В.Н.Кудрявцева. – М.: издательский Дом «Городец», 2007. – С. 22., Усмоналиев М., Бакунов П. Жиноят ҳуқуқи. Умумий қисм: Дарслик. -Тошкент: Насаф, 2010. – Б. 132. (Neshataev V.N., Maksimov A.S. Development of the doctrine of qualification of crimes // Civil service and personnel. 2021. No. 3. - P. 103-104., Kuznetsova N.F. Problems of qualification of crimes: Lectures on the special course "Fundamentals of qualification of crimes" / Scientific. ed. and ped. academician V.N. Kudryavtsev. - M .: Publishing House "Gorodets", 2007 .-- P. 22., Usmonaliyev M., Bakunov P. Criminal law. General part: Textbook. -Tashkent: Nasaf, 2010. - P. 132.)

Пусурманов Г.В. О правилах квалификaции преступлений // Ученые записки Санкт-Петербургского имени В.Б.Бобкова филиала Российской таможенной академии. 2019. № 1 (69). С 96–99., Кудрявцев, В.Н. Общая теория квалификaции преступлений / В. Н. Кудрявцев. – 2-е изд., перераб. и дополн. – М.: Юристъ, 2004. – С. 5. (Pusurmanov G.V. On the rules for qualifying crimes // Scientific notes of the V.B. Bobkov St. Petersburg branch of the Russian Customs Academy. 2019. No. 1 (69). P. 96–99., Kudryavtsev, V.N. General theory of qualifying crimes / V.N. Kudryavtsev. – 2nd ed., revised and supplemented. – Moscow: Yurist, 2004. – P. 5.)

Храмов, С.М. Алгоритм квалификaции преступлений / С.М.Храмов // Теоретико-прикладные вопросы развития досудебного производства по уголовным делам на современном этапе : сб. ст. междунар. науч.-практ. конф., Новополоцк, 26–27 сент. 2019 г. : в 2 т. / Полоц. гос. ун-т ; редкол.: И. В. Вегера (отв. ред) [и др.]. – Новополоцк, 2019. – Т. 1. – С. 223-235. (Khramov, S.M. Algorithm for qualification of crimes / S.M. Khramov // Theoretical and applied issues of development of pre-trial proceedings in criminal cases at the present stage: Coll. Art. Int. Res. and Pract. Conf., Novopolotsk, September 26–27, 2019: in 2 volumes / Polotsk State University; editorial board: I.V. Vegera (editor-in-chief) [et al.]. – Novopolotsk, 2019. – Vol. 1. – Pp. 223–235.)

Rustambayev M.X. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. Tom 1. Jinoyat haqida ta’limot. Darslik. 2-nashr, to‘ldirilgan va qayta ishlangan – T.: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, 2018. – B. 104-105. (Rustambayev M.Kh. Criminal law course of the Republic of Uzbekistan. Volume 1. Doctrine of crime. Textbook. 2nd edition, supplemented and revised – T.: Military-technical institute of the National Guard of the Republic of Uzbekistan, 2018. – P. 104-105.)

Usmonaliyev M., Bakunov P. Jinoyat huquqi. Umumiy qism: Darslik – Tashkent: Nasaf, 2010. – B. 21, 99, 102. (Usmonaliyev M., Bakunov P. Criminal law. General part: Textbook – Tashkent: Nasaf, 2010. – P. 21, 99, 102.)

Благов, Е.В. Применение уголовного права (теория и практика) / Е. В. Благов. – СПб.: Издательство Р. Асланова «Юридический центр Пресс», 2004. – С. 65. (Blagov, E.V. Application of criminal law (theory and practice) / E. V. Blagov. - St. Petersburg: R. Aslanov's Publishing House "Legal Center Press", 2004. - P. 65.)

Surxondaryo viloyati sud-tergov arxivi materiallaridan. 2025 yil. (From the materials of the Surkhandarya regional judicial investigation archive. 2025.)

Samarqand viloyati sud-tergov arxivi materiallaridan. 2024 yil. (From the materials of the Samarkand regional judicial investigation archive. 2024.)

Toshkent viloyati sud-tergov arxivi materiallaridan. T. 2025 yil. (From the materials of the Tashkent regional forensic archive. T. 2025.)

Загрузки

##submissions.published##

2026-04-27