MIKROKREDIT MUNOSABATLARIDA QARZ OLUVCHILARNING FUQAROLIK-HUQUQIY MAQOMI
##article.subject##:
mikrokredit; mikroqarz; qarz oluvchi; fuqaro-huquqiy maqom; moliyaviy xizmatlar iste’molchilari huquqlarini himoya qilish; muddatidan oldin so‘ndirish; kreditning to‘liq qiymati; mikromoliya tashkiloti; halollik; hisob-kitob (undirish)larni cheklash##article.abstract##
ANNOTATSIYA
Maqolada O‘zbekiston Respublikasida mikrokredit munosabatlarida qarz oluvchining fuqarolik-huquqiy maqomi mikrokreditlash shartnomalari va ularga tutash huquqiy himoya mexanizmlaridan kelib chiqadigan huquqlar, majburiyatlar hamda javobgarlik choralarining yig‘indisi sifatida tadqiq etiladi. Tadqiqotning metodologik asosini qarz oluvchi maqomining ikkiyoqlama tabiatiga doir tezis tashkil etadi. Bir tomondan, u iroda erkinligi va o‘zaro taqdim etiladigan (qarama-qarshi) ijrolarning ekvivalentligiga tayanuvchi majburiyatning ishtirokchisidir; ikkinchi tomondan esa, ayrim holatlarda qarz oluvchi axborot, muzokara va iqtisodiy jihatdan obyektiv ravishda zaifroq pozitsiyani egallaydi. Bu esa halollik, shaffoflik kafolatlarini hamda yashirin to‘lovlarni taqiqlashni nazarda tutuvchi maxsus huquqiy himoyani talab qiladi. Maqolada qarz oluvchilar huquqlarini himoya qilishning asosiy unsurlari, jumladan mikrokredit (mikroqarz) shartlari va uning to‘liq qiymatini oshkor etish, ikki hafta ichida foydalanilmagan summadan voz kechish huquqi, jarima to‘siqlarisiz muddatidan oldin ijro etish, yig‘ma hisobdagi hisob-kitob (undirish)larning cheklanishi va texnik operatsiyalar uchun komissiyalarni taqiqlash masalalari tahlil qilinadi. Doktrinal bo‘limda qarz va kreditning huquqiy tabiatiga, shartnoma erkinligining chegaralariga hamda ijtimoiy ahamiyatga ega moliyaviy xizmatlarda imperativ normalarning o‘rniga doir yondashuvlar yoritiladi. Qiyosiy tahlil o‘zbek tartibga solishining Yevropa huquqidagi total cost of credit g‘oyasiga va muddatidan oldin so‘ndirilganda qiymatni kamaytirish huquqiga yaqinlashayotganini ko‘rsatadi, shuningdek Rossiya va Qozog‘iston modellari bilan farqlarni aniqlaydi: ularda kreditning to‘liq qiymati mexanizmlari hamda regulyator limitlar muhim o‘rin tutadi. Xususiy huquq doirasida qarz oluvchi maqomini tizimli mustahkamlash va mas’uliyatli kreditlash standartlarini belgilash bo‘yicha takliflar ilgari suriladi.
Библиографические ссылки
Armendáriz B., Morduch J. The Economics of Microfinance. 2nd ed. – Cambridge (MA): MIT Press, 2010.
Directive (EU) 2023/2225 of the European Parliament and of the Council of 18 October 2023 on credit agreements for consumers and repealing Directive 2008/48/EC // EUR-Lex. URL: https://eur-lex.europa.eu/eli/dir/2023/2225/oj/eng
Directive 2008/48/EC of the European Parliament and of the Council on credit agreements for consumers (consolidated version) // EUR-Lex. URL: https://eur-lex.europa.eu/legal-content/EN/TXT/PDF/?uri=CELEX%3A02008L0048-20180101
Judgment of the Court (CJEU) of 11 September 2019, Lexitor, C-383/18 // CURIA. – URL: https://infocuria.curia.europa.eu/tabs/document?source=document&docid=217625&doclang=EN
Брагинский М.И., Витрянский В.В. Договорное право. Книга пятая: Договоры о займе, банковском кредите и факторинге. Том 1. – М., 2006. (Braginskiy M.I., Vitryanskiy V.V. Contract Law. Fifth book: Loan, Bank Credit and Factoring Agreements. Vol. 1. – M., 2006).
Закон Республики Казахстан от 26.11.2012 № 56-V «О микрофинансовой деятельности» // Adilet (НПА РК). (Law of the Republic of Kazakhstan “On Microfinancial Activity” dated 26.11.2012 No. 56-V // Adilet (Regulatory legal acts of the Republic of Kazakhstan). URL: https://adilet.zan.kz/rus/docs/Z1200000056
Иваницкий В.П., Татьянников В.А. Информационная асимметрия на финансовых рынках: вызовы и угрозы. Экономика региона. – 2018. – Т.4., вып. 4. (Ivanitsky V.P., Tatyannikov V.A. Information Asymmetry in Financial Markets: Challenges and Threats. Economy of the region. – 2018. – Vol. 4, Issue. 4).
Комментарий к временному порядку выдачи онлайн-кредитов кредитными организациями для предотвращения случаев мошенничества. Официальный сайт Центрального банка Республики Узбекистан. (Commentary on the Temporary Procedure for Granting Online Loans by Credit Institutions to Prevent Fraud. Official website of the Central Bank of the Republic of Uzbekistan). URL: https://cbu.uz/ru/press_center/news/1898557/
Национальная база данных законодательства, 12.02.2025 г., № 03/25/1026/0131 (National Database of Legislation, 12.02.2025, No 03/25/1026/0131).
Рахманкулов Х.Р. Обязательственное право. – Т.:ТГЮИ, 2005. (Rakhmankulov Kh.R. Obligation Law. – T.: TSIL, 2005).
Федеральный закон РФ от 02.07.2010 № 151-ФЗ «О микрофинансовой деятельности и микрофинансовых организациях». Консультант Плюс. (Federal Law of the Russian Federation of 02.07.2010 No. 151-FL “On Microfinance Activities and Microfinance Organizations”. Consultant Plus). URL: https://www.consultant.ru/document/cons_doc_LAW_102112/
Федеральный закон РФ от 21.12.2013 № 353-ФЗ «О потребительском кредите (займе)». Консультант Плюс. (Federal Law of the Russian Federation dated 21.12.2013 No. 353-FL “On Consumer Credit (Loan)”. Consultant Plus). URL: https://www.consultant.ru/document/cons_doc_LAW_155986/