ALISHER NAVOIYNING HIKMAT ILMIDAGI USMONLI IZDOSHI
##article.subject##:
Alisher Navoiy, Abdullatif Latifiy, “Nazm ul-javohir”, “Nasr ul-la’oliy”, Hazrat Ali, hikmat, qiyosiy tahlil, turkiy adabiyot, axloqiy-didaktik adabiyot, ruboiy, masnaviy, badiiy talqin, tarjima##article.abstract##
Mazkur maqolada Alisher Navoiyning “Nazm ul-javohir” asari hamda Usmonli adibi Abdullatif Latifiyning “Nazmi javohir” asari qiyosiy-tahliliy asosda o‘rganiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi Hazrat Ali ibn Abu Tolibga nisbat berilgan “Nasr ul-la’oliy” hikmatlari asosida yaratilgan ushbu ikki turkiy asarning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlarini aniqlash, ularning o‘zaro mushtarak va farqli jihatlarini ochib berishdan iborat.
Maqolada “Nazm ul-javohir” va “Nazmi javohir” asarlarining yaratilish sabablari, manbalari, kompozitsion tuzilishi, she’riy shakli hamda badiiy uslubi tahlil qilinadi. Shuningdek, har ikki asarda Hazrat Ali hikmatlarining badiiy talqini, ularning axloqiy-didaktik mohiyati hamda poetik ifoda vositalari misollar asosida yoritiladi.
Tahlillar natijasida aniqlanishicha, Alisher Navoiy hikmatlarni keng qamrab olib, ularni musarra’ ruboiy shaklida sharhlash va rivojlantirish yo‘lini tutgan bo‘lsa, Abdullatif Latifiy hikmatlarni tanlab tarjima qilish asosida qisqa va lo‘nda ifodaga urg‘u beradi hamda ikki baytli masnaviy shakldan foydalanadi. Har ikkala asarda ham islomiy axloq, ilm, adolat, sabr va inson kamoloti bilan bog‘liq g‘oyalar yetakchi o‘rinni egallaydi.
Qiyosiy tahlil shuni ko‘rsatadiki, Alisher Navoiy an’analari Usmonli turk adabiyotiga hikmat yo‘nalishida ham sezilarli ta’sir ko‘rsatgan bo‘lib, Latifiy ijodida bu ta’sir yaqqol namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga, har ikki asar tarjima doirasidan chiqib, ijodiy talqin darajasiga ko‘tarilgan mustaqil badiiy hodisa sifatida baholanadi. Tadqiqot natijalari turkiy adabiyotda hikmatli so‘zlarni nazmga solish an’anasining taraqqiyot bosqichlarini yoritishda muhim ilmiy ahamiyatga ega.
Библиографические ссылки
Alisher Navoiy. Nazm ul-javohir / To‘la asarlar to‘plami. 10 jildlik. 10-jild. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi NMIU, 2011.
Alisher Navoiy. Mezon ul-avzon / To‘la asarlar to‘plami. 10 jildlik. 10-jild. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi NMIU, 2011.
Алишер Навоий: қомусий луғат. – Тошкент: Шарқ НМК, 2016.
Altunağa, Ahmet. Mustafa bin Şücâ’nın Nesrü’l-leâlî Şerhi
(İnceleme- Metin), Manisa Celal Bayar Üniversitesi Sosyal Bilimler
Enstitüsü, Yüksek Lisans Tezi, 2019.
Бойқаро, Ҳусайн. Рисола. – Тошкент: Шарқ, 1991.
Брокельман, Карл. История арабской литературы. В нескольких томах. Т. 1. 1897.
Ceyhan, Âdem – Aydoğan T. Sultan II. Murad İçin Dizilmiş
İnciler: Hâfız’ın Nesrü’l-leâlî Tercümesi (Lü’lü’-i Mendûd), Turkish
Studies - International Periodical For The Languages, Literature and
History of Turkish or Turkic Volume 8/13 Fall 2013, p.p. 37-73.
Ceyhan, Adem – Ekinci, Ramazan. Latîfî’nin Nesrü’l-leâlî Tercümesi: Nazm-ı Cevâhir // Divan Edebiyatı Araştırmaları Dergisi 25, İstanbul 2020, 79-190.
Жирмунский, Bиктор. Сравнительное литературоведение. Восток и Запад. Избр. труды. ‒ М.: Наука, 1979.
Latifi. Tezkiretü’ş-Şu’arâ ve Tabsıratü’n-Nuzamâ (hazırlayan: Rıdvan Canım). – Ankara, 2018.
Одинаев, Абуҳалим. Пандномаи «Сад Калима»-и Рашидуддин Ватвот муаррифгари адабиёти тоҷик дар ҷаҳон // ОСИЁ ВА АВРУПО
(мачаллаи илми). – Душанбе, 2024. № 3 (19).
Özkan, Ferudun. Mâtemî’nin Nesrü’l-Le’âlî Tercümesi. Türk Kültürü ve Hacı Bektaş-ı Veli Araştırmaları Dergisi, 2019, Güz, S. 91, s.107-146.
Sevgi, Ahmet. Latifi: Hayoti va asarlari (Doktorlik dissertatsiyasi). Gazi Universiteti, 1987.
Ражабова, Маърифат. Алишер Навоийнинг шеърий дурдонаси / Истиқлол даври ўзбeк навоийшунослиги: 30 жилдлик. 26-жилд. – Тошкeнт: Tamaddun, 2021.
Рашидова, Маъмура. Алишeр Навоий “Назм ул-жавоҳир” асарининг матний тадқиқоти. – Тошкeнт, 2011.
Yusupova, Dilnavoz. Abdullatif Latifiyning “Tazkirat ush-shuaro” asarida Navoiyga ergashgan shoirlar zikri // O‘zbekiston: Til va madaniyat, 2025. Vol.3. – B. 5-16.
Yusupova, Dilnavoz. Alisher Navoiy va Muslihiddin Mustafo Axtariyning “Arba’in” asarlari / Sharq mumtoz adabiyoti: talqin va tahlillar (Monografiya). – Istanbul: Babıali kültür yayıncılığı, 2025.