GENERALIZATSIYALASHGAN VA STRUKTUR FOKAL EPILEPSIYADA INTERIKTAL ELEKTROENSEFALOGRAFIK KOʻRSATKICHLARNING QIYOSIY TAHLILI

##article.authors##

  • Fayziyeva Ra’nogul Hoji qizi
  • Azizova Ra’no Bahodirovna

##article.subject##:

epilepsiya, generalizatsiyalashgan epilepsiya, struktur fokal epilepsiya, elektroensefalografiya, interiktal EEG, epileptiform faollik, fokal razryadlar, generalizatsiyalashgan razryadlar

##article.abstract##

Ushbu tadqiqotning maqsadi generalizatsiyalashgan va struktur fokal epilepsiyali bemorlarda interiktal elektroensefalografik koʻrsatkichlarni qiyosiy baholash hamda ularning epilepsiya etiologiyasi bilan bogʻliqligini aniqlashdan iborat. Tadqiqotga epilepsiya tashxisi tasdiqlangan jami 83 nafar bemor kiritildi, ulardan 46 nafari generalizatsiyalashgan epilepsiya, 37 nafari esa struktur fokal epilepsiya guruhini tashkil etdi. Bemorlarning tibbiy hujjatlarida mavjud boʻlgan bedorlik holatida qayd etilgan interiktal EEG yozuvlari retrospektiv tarzda tahlil qilindi. EEG baholashda fon bioelektrik faolligi, interiktal epileptiform faollikning mavjudligi, uning morfologik turi va chastotasi hisobga olindi. Generalizatsiyalashgan epilepsiyali bemorlarda fon ritmi asosan saqlangan boʻlib, generalizatsiyalashgan epileptiform faollik ustunlik qildi. Struktur fokal epilepsiya guruhida esa lokal fon sekinlashuvi va fokal epileptiform faollik koʻproq kuzatildi. EEG fon faolligi bilan epilepsiya guruhi oʻrtasida statistik jihatdan ishonchli bogʻliqlik aniqlandi χ²=83,00; p<0,001. Interiktal epileptiform faollik generalizatsiyalashgan epilepsiyali 46 bemorning 42 nafarida 91,3%, struktur fokal epilepsiyali 37 bemorning barchasida 100% qayd etildi; guruhlar oʻrtasidagi farq Fisherning aniq testi boʻyicha statistik ahamiyatli boʻlmadi p=0,125. Interiktal epileptiform faollik aniqlangan bemorlarda uning morfologik turi epilepsiya guruhi bilan yuqori darajada bogʻliq boʻldi χ²=79,00; p<0,001. Olingan natijalar interiktal EEGni talqin qilishda faqat epileptiform faollikning mavjudligini emas, balki uning morfologik turi, tarqalish xususiyati va fon bioelektrik faolligi bilan birgalikda baholash generalizatsiyalashgan va struktur fokal epilepsiyani differensial tashxislashda muhim ahamiyatga ega ekanligini koʻrsatadi.

Библиографические ссылки

Fisher R.S., Cross J.H., D’Souza C., French J.A., Haut S.R., Higurashi N., et al. Operational classification of seizure types by the International League Against Epilepsy: 2017 update. Epilepsia. 2017;58(4):522–530.

Scheffer I.E., Berkovic S., Capovilla G., et al. ILAE classification of the epilepsies. Epilepsia. 2017;58(4):512–521.

Beniczky S., Trinka E., Wirrell E., et al. Updated classification of epileptic seizures: Position paper of the International League Against Epilepsy. Epilepsia. 2025;66(6):1804–1823. DOI: 10.1111/epi.18338.

Thijs R.D., Surges R., O’Brien T.J., Sander J.W. Epilepsy in adults. Lancet. 2019;393(10172):689–701.

Bastos F., Cross J.H. Epilepsy. Handbook of Clinical Neurology. 2020;174:137–158.

Nilo A., Gelisse P., Crespel A. Genetic generalized epilepsies: Not so good as that. Revue Neurologique (Paris). 2020;176(6):427–438.

Pimentel J., Varanda S., Guimarães P., Lopes da Silva F. Idiopathic generalised epilepsies of adult onset. Epileptic Disorders. 2018;20(3):169–177.

Huguenard J. Spikes, bursts, and synchrony in generalized absence epilepsy. Epilepsy Currents. 2019;19(2):105–111.

Lindquist B.E., Timbie C., Voskobiynyk Y., Paz J.T. Thalamocortical circuits in generalized epilepsy. Neurobiology of Disease. 2023;181:106094.

Peng S.J., Hsin Y.L. Altered structural and functional thalamocortical networks in seizures. NeuroImage: Clinical. 2016;13:55–61.

Morozova E.A., Gusyakov F.I. Faktory evolyutsii geneticheskikh generalizovannykh epilepsiy. Epilepsiya i paroksizmalnye sostoyaniya. 2019;11(2):186–193.

Evstigneev V.V., Malashko E.A., Boksha-Kisten O.V. Neyrovizualizatsionnye klastery generalizatsii pristupov pri strukturnoy visochnoy epilepsii. Meditsinskie novosti. 2022;1(328):33–38.

Загрузки

##submissions.published##

2026-11-06