YANGI O‘ZBEKISTONDA YOSHLAR QATLAMI: SOTSIOLOGIK TAHLIL

##article.authors##

  • Yunusov Alisher

##article.subject##:

yoshlar sotsiologiyasi, yoshlar siyosati, davlat yoshlar siyosati, ijtimoiy transformatsiya, ijtimoiy agentlik, institutsional rivojlanish, ijtimoiy faollik, Yangi O‘zbekiston.

##article.abstract##

Mazkur maqolada Yangi O‘zbekiston sharoitida yoshlar qatlamini sotsiologik tahlil qilishning metodologik asoslari yoritilgan. XXI asrda globallashuv, axborot texnologiyalari va raqamli kommunikatsiyalarning jadal rivojlanishi natijasida yosh avlodning ijtimoiy qiyofasi va ijtimoiy rollari sezilarli darajada o‘zgarib borayotgani tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining institutsional shakllanishi va tarixi, mustaqillikdan keyingi davrdagi transformatsion jarayonlar hamda 2017-yildan keyingi Yangi O‘zbekiston sharoitida yoshlar siyosatida yuz bergan sifat o‘zgarishlari qiyosiy tahlil qilingan. Maqolada yoshlar siyosatida obyektli modeldan subyektli modelga o‘tish jarayoni, yoshlarni jamiyat taraqqiyotining faol ishtirokchisi va strategik resursi sifatida talqin qilish tendensiyasi asoslab berilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda yoshlar muammolarini sotsiologik tadqiq etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ilmiy ishlar, dissertatsion tadqiqotlar va ilmiy maktablar faoliyati ham tahlil qilingan.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida. – Toshkent, 2016.

O‘zbekiston yoshlar ishlari bo‘yicha Respublika kengashini tashkil etish to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 568-son qarori. – Toshkent, 1992.

Mirziyoev Sh.M. “Yoshlar kelajagi bilan bog‘liq har qanday vazifa birlamchi ahamiyatga ega”. – Toshkent, 2020.

Mirziyoev Sh.M. “Yoshlarimizning har bir muvaffaqiyati biz uchun kuch-qudrat”. – Toshkent, 2025.

Mirziyoev Sh.M. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyidagi nutqi. – Toshkent, 2017.

Мертон Р. Социальная теория и социальная структура / Роберт Мертон. – М., 2006.

Otamurodov S.S. Yangilanayotgan O‘zbekiston ijtimoiy-innovatsion jarayonlarida yoshlar faoliyati. – Toshkent, 2020.

Tangriev L.X. Yoshlar siyosati subyekti: bandlik muammosi. Siyosiy fanlar nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. – Toshkent, 2001.

Toshmuxamedova D. Raqamli muhitda yoshlar faolligi. – Toshkent, 2021.

Туленова Г. Молодёжная политика в Республики Узбекистан: состояние и перспективы развития. – Ташкент, 2008.

Parsons T. The Social System. – N.Y.: Psychology Press, 1991.

Загрузки

##submissions.published##

2026-08-26