DAVLAT FUQAROLIK XIZMATIDA SIYOSIY GURUH LAVOZIMLARINING HUQUQIY TABIATI: MEHNAT-HUQUQIY VA OMMAVIY-HUQUQIY MODELLAR NISBATI

##article.authors##

  • Ibragimova Muxlisa Paridunovna

##article.subject##:

davlat fuqarolik xizmati, siyosiy guruh, xizmat munosabati, ommaviy-huquqiy munosabat, tayinlash, mehnat shartnomasi, funksional toʻliqlik, lavozimdan ozod qilish, qiyosiy-huquqiy tahlil

##article.abstract##

“Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi lozim” degan tamoyil bugun davlat fuqarolik xizmati islohotlarining markaziy gʻoyasiga aylandi. Bu gʻoya, avvalo, davlat siyosatini bevosita amalga oshiradigan rahbarlar – vazirlar, hokimlar, respublika davlat organlari rahbarlarining huquqiy maqomi qanchalik aniq belgilanganiga bogʻliq. Prezidentning 2025-yil 19-iyundagi PF-95-son Farmoni bilan davlat fuqarolik xizmati lavozimlari davlat reyestrining tasdiqlanishi siyosiy guruhga kiruvchi lavozimlar doirasini aniq koʻrsatib berdi, ammo bu lavozimlardagi xizmat munosabatining huquqiy tabiati haqidagi savol ochiq qoldi. Qonunning 30-moddasiga koʻra siyosiy guruh xizmatchilari bilan mehnat shartnomasi tuzilmaydi, biroq Qonun ularning xizmat munosabati qaysi yuridik fakt asosida vujudga kelishi, qanday huquqiy vositalar bilan mazmunan belgilanishi va qay tartibda tugatilishini yaxlit tarzda belgilamaydi. Maqolada Qonunning 10, 23, 30, 33 va 50-moddalari tizimli tahlil qilinib, milliy tartibga solish Germaniya, Qozogʻiston, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Fransiya va Buyuk Britaniya tajribasi bilan qiyoslanadi. Siyosiy lavozimlardagi xizmatni rasmiylashtirishning uch modeli – ommaviy-huquqiy tayinlash, differensial va shartnomaviy modellar ajratiladi. Mehnat shartnomasining mavjud emasligi maxsus ommaviy-huquqiy xizmat munosabatining zarur, biroq yetarli boʻlmagan belgisi ekanligi asoslanadi, “siyosiy guruh davlat fuqarolik xizmatchisining maxsus ommaviy-huquqiy xizmat munosabati” tushunchasi va uning funksional toʻliqlik mezoni taklif etiladi.

Библиографические ссылки

Oʻzbekiston — davlat boshqaruvini transformatsiya qilish yoʻlida: sifat va samaradorlik bosh mezonga aylanadi // Yangi Oʻzbekiston. – 2026-yil 12-iyun. (Uzbekistan on the Path of Transforming Public Administration: Quality and Efficiency Become the Main Criterion // Yangi Uzbekistan. – 12 June 2026.) URL: https://yuz.uz/uz/news/zbekiston-davlat-bosqaruvini-transformaciia-qilis-ilida

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi // Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi. – 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son. (Constitution of the Republic of Uzbekistan // National Database of Legislation. – 01.05.2023, No. 03/23/837/0241.) URL: https://lex.uz/docs/-6445145

Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni // Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi. – 09.08.2022-y., 03/22/788/0723-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son; 21.09.2024-y., 03/24/963/0735-son. (Law of the Republic of Uzbekistan “On State Civil Service” // National Database of Legislation. – 09.08.2022, No. 03/22/788/0723; 29.11.2023, No. 03/23/880/0905; 21.09.2024, No. 03/24/963/0735.) URL: https://lex.uz/uz/docs/6145972

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-iyundagi “Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yoʻnaltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-95-son Farmoni. (Decree of the President of the Republic of Uzbekistan No. UP-95 of 19 June 2025 “On Measures to Organise the State Civil Service on the Basis of New Approaches and to Form a Professional and Result-Oriented Corps of Civil Servants”.) URL: https://lex.uz/ru/docs/7587516

Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (yangi tahriri) // Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi. – 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son. (Labour Code of the Republic of Uzbekistan (new edition) // National Database of Legislation. – 30.12.2025, No. 03/25/1109/1241.) URL: https://lex.uz/ru/docs/-6257288

Oʻzbekiston Respublikasining “Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonuni (2024-yil 15-avgust, OʻRQ-982-son) // Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi. – 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son. (Constitutional Law of the Republic of Uzbekistan “On the Cabinet of Ministers” (15 August 2024, No. ZRU-982) // National Database of Legislation. – 26.12.2025, No. 03/25/1107/1216.) URL: https://lex.uz/docs/7172667

Bundesbeamtengesetz (BBG) vom 5. Februar 2009, §§ 10, 54. (Федеральный закон о государственных служащих (BBG) от 5 февраля 2009 г., §§ 10, 54 // Federal Civil Servants Act (BBG) of 5 February 2009, §§ 10, 54.) URL: https://www.gesetze-im-internet.de/bbg_2009/

Закон Республики Казахстан от 19 мая 2026 года № 290-VIII «О государственной службе Республики Казахстан», ст. 25, 69. (Law of the Republic of Kazakhstan No. 290-VIII of 19 May 2026 “On the Civil Service of the Republic of Kazakhstan”, Articles 25, 69.) URL: https://zakon.uchet.kz/rus/docs/Z2600000290

State Public Officials Act (Republic of Korea), Article 2. (Закон о государственных служащих Республики Корея, статья 2 // State Public Officials Act (Republic of Korea), Article 2.)

National Public Service Act (Japan), 1947. (Закон о национальной государственной службе Японии, 1947 // National Public Service Act (Japan), 1947.) URL: https://www.japaneselawtranslation.go.jp/en/laws/view/1917/en

The Constitution of Japan, Articles 6, 67, 68. (Конституция Японии, статьи 6, 67, 68 // The Constitution of Japan, Articles 6, 67, 68.) URL: https://japan.kantei.go.jp/constitution_and_government_of_japan/constitution_e.html

Code général de la fonction publique, articles L341-1, L341-2. (Общий кодекс государственной службы Франции, статьи L341-1, L341-2 // General Civil Service Code (France), Articles L341-1, L341-2.) URL: https://www.legifrance.gouv.fr/codes/texte_lc/LEGITEXT000044416551

Constitutional Reform and Governance Act 2010, section 15. (Закон о конституционной реформе и управлении 2010 года (Великобритания), раздел 15 // Constitutional Reform and Governance Act 2010 (United Kingdom), section 15.) URL: https://www.legislation.gov.uk/ukpga/2010/25/contents

Cabinet Office. Model Contract for Special Advisers (updated 29 July 2026). (Канцелярия Кабинета министров Великобритании. Типовой контракт специального советника (обновлён 29 июля 2026 г.) // Cabinet Office. Model Contract for Special Advisers (updated 29 July 2026).) URL: https://www.gov.uk/government/publications/special-advisers-code-of-conduct/model-contract-for-special-advisers-html--2

Киселёва, А.А. Правовое регулирование служебно-контрактных отношений в государственной гражданской службе: автореф. дис. … канд. юрид. наук. – М., 2017. – С. 14. (Kiselyova, A.A. Legal Regulation of Service-Contract Relations in the State Civil Service: Abstract of the Dissertation for the Degree of Candidate of Legal Sciences. – Moscow, 2017. – P. 14.)

Гришковец, А.А. Проблемы правового регулирования и организации государственной гражданской службы в Российской Федерации: автореф. дис. … д-ра юрид. наук. – М., 2004. (Grishkovets, A.A. Problems of Legal Regulation and Organisation of the State Civil Service in the Russian Federation: Abstract of the Dissertation for the Degree of Doctor of Legal Sciences. – Moscow, 2004.)

Raximov, D.Gʻ. Davlat fuqarolik xizmatini kadrlar bilan taʼminlashning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish: yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi. – T.: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, 2023. (Rakhimov, D.G. Improving the Organisational and Legal Framework for Staffing the State Civil Service: PhD Dissertation in Law. – Tashkent: Academy of Public Administration under the President of the Republic of Uzbekistan, 2023.)

Хамедов, И.А., Кутыбаева, Е.Д., Цай, И.М., Файзиев, Ф.М. Современное административное право Республики Узбекистан: учебник / под общ. ред. И.А. Хамедова. – Ташкент: DIMAL, 2023. – С. 639–640, 645. (Khamedov, I.A., Kutybaeva, E.D., Tsai, I.M., Fayziev, F.M. Modern Administrative Law of the Republic of Uzbekistan: Textbook / ed. by I.A. Khamedov. – Tashkent: DIMAL, 2023. – pp. 639–640, 645.)

Загрузки

##submissions.published##

2026-10-13