O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MA’MURIY SUDLAR TIZIMINING HUQUQIY ASOSLARINI SHAKLLANISHINING NAZARIY JIHATLARI
##article.subject##:
ma’muriy sudlar, ma’muriy adliya, sud nazorati, huquqiy asoslar, institusional rivojlanish, sud himoyasi, ma’muriy sud ishlarini yuritish, prosessual sifat, sud qarorlari ijrosi, sud amaliyoti.##article.abstract##
Maqolada O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy sudlar tizimi huquqiy asoslarining shakllanishi milliy huquqshunoslikdagi ilmiy qarashlar va xorijiy adabiyotlar asosida tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi ma’muriy sudlar institutining rivojlanish bosqichlarini hamda uni o‘rganishga doir nazariy yondashuvlarning o‘zgarishini ochib berishdan iborat. Tahlilda tarixiy-huquqiy, qiyosiy va tizimli yondashuvlardan, shuningdek, ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish va umumlashtirish usullaridan foydalanilgan. Ma’muriy sudlarning huquqiy tabiati davlat boshqaruvi ustidan sud nazorati va shaxsning buzilgan huquqlarini himoya qilish vazifalarining o‘zaro bog‘liqligi orqali yoritilgan. Milliy ilmiy adabiyotlarda ma’muriy huquqning umumiy nazariy masalalaridan ixtisoslashgan sudlar faoliyati, prosessual mexanizmlar va sud himoyasining amaliy samaradorligini o‘rganishga o‘tish tendensiyasi ko‘rsatilgan. Ma’muriy sudlar tizimini baholashda sud mustaqilligi, prosessual sifat, yurisdiksiyaning aniqligi, sud qarorlari ijrosi va sud amaliyoti barqarorligini o‘zaro bog‘liq holda o‘rganish zarurati asoslangan. Ma’muriy huquqqa oid o‘quv va ilmiy adabiyotlarni sud amaliyoti hamda muayyan ishlar tahlili bilan boyitish yuzasidan xulosa bildirilgan.
Библиографические ссылки
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi PF–4966-son “O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni (Decree No. PF–4966 of the President of the Republic of Uzbekistan dated 21 February 2017 “On Measures for the Fundamental Improvement of the Structure of the Judicial System of the Republic of Uzbekistan and Enhancement of the Efficiency of Its Activities”) // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. URL: https://lex.uz/docs/3121087.
Хамедов И.А., Кутыбаева Е.Д., Цай И.М., Файзиев Ф.М. Современное административное право Республики Узбекистан (Modern Administrative Law of the Republic of Uzbekistan): учебник. – Ташкент: Dimal, 2023. – 675 с.
Xojiyev E. Ma’muriy huquq (Administrative Law): darslik. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2008. – 608 b.
Хамедов И.А., Хван Л.Б., Цай И.М. Административное право Республики Узбекистан. Общая часть (Administrative Law of the Republic of Uzbekistan. General Part): учебник. – Ташкент: Konsauditinform-Nashr, 2012. – 592 с.
Muratayev S.A., Musayev B.T., Artikov D.R. Ma’muriy huquq va protsess (Administrative Law and Procedure): darslik. – Toshkent: Toshkent davlat yuridik universiteti, 2020. – 423 b.
N.T. Ismoilov, O‘.X. Muxamedov, A.S. Tursunov va boshq.; Sh.T. Ikramov va I.A. Xamedov tahriri ostida. Ma’muriy huquq (Administrative Law): darslik. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2016.
Ибрагимов С.И. Административная юстиция в центрально-азиатских государствах: проблемы становления и развития (Administrative Justice in Central Asian States: Problems of Formation and Development): дис. … д-ра юрид. наук: 12.00.14. – Москва, 2013. – 459 с.
Held M. The Development of the Administrative Court Systems in Transition Countries and Their Role in Democratic, Economic and Societal Transition (The Development of the Administrative Court Systems in Transition Countries and Their Role in Democratic, Economic and Societal Transition) // Croatian and Comparative Public Administration. – 2022. – Vol. 22, No. 2. – P. 209–236. DOI: 10.31297/hkju.22.2.5.
Deviatnikovaitė I., Danovskis E., Pilving I. Evolution of Administrative Justice in the Baltic States in 1918–1940 (Evolution of Administrative Justice in the Baltic States in 1918–1940) // Baltic Journal of Law & Politics. – 2022. – Vol. 15, No. 1. – P. 71–97. DOI: 10.2478/bjlp-2022-0004.
Ardiansyah, Wandi, Suparto, Rafi M., Amri P. Bibliometric analysis and visualization of state administrative law in Scopus database from 2017–2021 (Bibliometric Analysis and Visualization of State Administrative Law in the Scopus Database from 2017–2021) // Cogent Social Sciences. – 2024. – Vol. 10, No. 1. – Article 2310935. DOI: 10.1080/23311886.2024.2310935.
Nematov J. Transformation of Soviet Administrative Law: Uzbekistan’s Case Study in Judicial Review over Administrative Acts (Transformation of Soviet Administrative Law: Uzbekistan’s Case Study in Judicial Review over Administrative Acts) // Адміністративне право і процес. – 2020. – № 1 (28). – P. 105–125. DOI: 10.17721/2227-796X.2020.1.08.
Eshimbetov M.U. The Stages of Administrative Court Establishment and Development in Uzbekistan (The Stages of Administrative Court Establishment and Development in Uzbekistan) // International Journal of Social Science Research and Review. – 2023. – Vol. 6, No. 2. – P. 543–546. DOI: 10.47814/ijssrr.v6i2.1058.
Axmedov D. Ma’muriy sud ishlarini yuritishda taalluqlilik muammolari (Problems of Jurisdiction in Administrative Court Proceedings) // Jamiyat va innovatsiyalar. – 2025. – 6-jild, 8/S-son. – B. 283–294. DOI: 10.47689/2181-1415-vol6-iss8/S-pp283-294.
Madraximova G. Ma’muriy sud ish yurituvida jamoaviy shikoyat institutini joriy qilish muammolari (Problems of Introducing the Institution of Collective Complaints in Administrative Court Proceedings) // Jamiyat va innovatsiyalar. – 2025. – 6-jild, 5/S-son. – B. 43–48. DOI: 10.47689/2181-1415-vol6-iss5/S-pp43-48.
Artikov D.R. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ishlarni sudda ko‘rishning ma’muriy-huquqiy jihatlari (Administrative-Legal Aspects of Judicial Consideration of Cases on Declaring Departmental Regulatory Legal Acts Invalid): yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. – Toshkent: Toshkent davlat yuridik universiteti, 2020. – 50b.