MUALLIFLIK HUQUQI BO’YICHA MULKIY HUQUQLARNI JAMOAVIY BOSHQARUV FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISHNING AYRIM MASALALARI
##article.subject##:
mualliflik huquqi, mualliflik huquqini amalga oshirish, mualliflik shartnomalari boʼyicha haq toʼlash, mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni jamoaviy boshqarish, asarni omma oldida ijro etish##article.abstract##
Mazkur ilmiy maqolada asarlardan foydalanishning yangi yuqori texnologik sohalarida mualliflik huquqini amalga oshirishning yuzaga kelishi mumkin boʼlgan qiyinchiliklari tufayli, huquqlarni jamoaviy boshqarishning turli xil sxemalari tobora keng qoʼllanilishi uchun asos boʼlishi ta’kidlanadi. Shu tufayli asarlar va turdosh huquqlar obʼektlaridan foydalanuvchi shaxslar koʼplab mualliflar va boshqa huquq egalari bilan shartnoma tuzish oʼrniga, ularning manfaatlarini ifoda etuvchi va "mualliflik huquqini jamoaviy boshqarish" deb nomlangan ixtisoslashgan tashkilot bilan shartnoma tuzish imkoniyatiga ega boʼlishadi. Shuningdek mazkur ishda Mualliflik huquqini himoya qilish institutini tashkil etish tarixi, jamoaviy boshqaruv tashkilotlarining vakolatlari, funktsiyalari va ularning turlari, mualliflik huquqini jamoaviy boshqarish va vakillik tushunchasi oʼrtasidagi farq bilan bogʼliq masalalar koʼrib chiqiladi. Shuningdek mavzu doirasida huquq egalari, jamoaviy boshqaruv tashkilotlari tomonidan berilgan vakolatlar asosida oʼz nomidan asarlar (mualliylik va turdosh huquqlar obʼektlari)dan foydalanadigan shaxslar bilan shartnomalar tuzishi; mualliflik huquqi egalariga toʼlovlarni yigʼish, tarqatish va toʼlash masalalari ham atroflicha oʼrganilgan. Ushbu institutni takomillashtirish bilan bogʼliq ayrim dolzarb muammolarga, mualliflik huquqini himoya qilishning xalqaro standartlariga va milliy qonunchilikning qiyosiy huquqiy tahliliga, shuningdek, Oʼzbekiston va boshqa mamlakatlar olimlarining fikrlariga eʼtibor qaratilgan. Mualliflik huquqini rivojlantirish uchun ilmiy va amaliy ahamiyatga ega boʼlgan taklif va tavsiyalar ilgari surildi.
Библиографические ссылки
Насриев И.И. Муаллифнинг шахсий ҳуқуқларини ҳимоялаш. –Т:. Меҳнат, 2003. (Nasriev I.I. Protection of personal rights of the author. -T:. Labor, 2003.)
И.Якубова, О.Якубов. Шахсий ҳаёт дахлсизлиги масалаларининг Ўзбекистон ҳамда чет эл мамлакатлари қонунчилиги бўйича қиёсий таҳлили. - Юрист ахборотномаси, 2021 (I. Yakubova, O. Yakubov. Comparative analysis of privacy issues under the legislation of Uzbekistan and foreign countries. - Lawyer newsletter, 2021)
“Муаллифлик ҳуқуқи ва турдош ҳуқуқлар” тўғрисидаги Ўзбекистон Республикаси қонуни. https://www.lex.uz/acts/1022944 (Law of the Republic of Uzbekistan on "Copyright and related rights". https://www.lex.uz/acts/1022944)
The biography of Firmin Ge´mier may be found online: (last visited: 17 Jan. 2010).
Leanovich, E.B. ‘Problems of legal regulation of Internet relations with a foreign element’. Internet resource: http://www.evolution.info
Stanieri A., Zeleznikow J., Gawler M. and Lewis B, 1999 A hybrid-neutral approach to automation of legal reasoning in the discretionary domain of family law in Australia, Artificial intelligence and law,7(2-3).
Brams, S.J. and Taylor, A.D. (1996) Fair division from cake cutting to dispute resolution. Cambridge: Cambridge University Press.
И.Якубова. Понимание коллективного управления авторских прав в историческом контексте. Юрист Ахборотномаси 1 (6), 76-80. (Law of the Republic of Uzbekistan on "Copyright and related rights". https://www.lex.uz/acts/1022944)
(last visited: 8 Feb. 2010).
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 22-23-son, 227-modda; 2016-y., 45-son, 520-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son
Тошев Б.Н. Муаллифлик ҳуқуқи. Дарслик. -Т.: 2010. (Toshev B.N. Copyright. Textbook. - T.: 2010.)
Нодавлат нотижорат ташкилотларининг давлат реестри // https://www.minjust.uz/uz/interactive/reestr-nocommerce/ (State register of non-governmental non-commercial organizations // https://www.minjust.uz/uz/interactive/reestr-nocommerce/)
Yakubov O. Trade organization agreements: the msin principles of trips agreement. Conferencea. 2022, pp. 119–123.
Худайбердиева Г.A. Турдош хукукларни фукаролик-хукукий мухофаза килиш муаммолари. - Т., 2006. (Khudayberdieva G.A. Problems of civil-legal protection of related rights. - T., 2006.)
Leanovich, E.B. ‘Problems of legal regulation of Internet relations with a foreign element’. Internet resource: http://www.evolution.info
I.B. Yakubova. A persons right to health, as his non-property rights - Theoretical & Applied Science, 2016